Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

"Barselona" Gavi o‘rniga sotib olishi mumkin bo‘lgan beshta yarim himoyachi: ular kimlar?

"Barselona" Gavi o‘rniga sotib olishi mumkin bo‘lgan beshta yarim himoyachi: ular kimlar?

Baho:
+ | -

Joriy mavsum avvalida Xavi Gavi haqida shunday degandi: "Hozirda usiz o‘yinimizni qurish juda ham qiyin masala". Hozir "Barselona" muhim futbolchisidan ayrildi va mavsum oxiriga qadar shunday bo‘ladi. Endilikda, Xavi va klub rahbariyati oldida Gavining o‘rnini to‘ldirish masalasi turibdi. Yanvardagi transferlar oynasi bu ishni amalga oshirish uchun ayni muddaodir. Quyida "Barselona" uchun ehtimoliy nomzodlar taqdim etiladi.

Ederson ("Atalanta")

Ederson Kazemironi ko‘rib, unga muxlis bo‘lgani haqida gapirgan. Agarda u "Barsa"ga borishi kerak bo‘lsa, kelajakda unga bu ishni qilish tavsiya etilmaydi. Aytish mumkinki, "Atalanta" tarkibida u katta ish bajaradi. Shu sababli mutaxassislar Ederson Gavi o‘rnini bosa oladi deb hisoblamoqda. Hozirda Ederson 40 million funtga baholanmoqda. 24 yoshli yarim himoyachi uchun bu unchalik ham qimmat narx emas.

Jovanni Lo Chelso ("Tottenxem")

Lo Chelso hozir "Tottenxem" asosiy tarkibida emas. Ammo u Xaviga Gavi o‘rnini to‘ldirishda yordam bera oladi. To‘g‘ri, argentinalik yarim himoyachida Gavidagidek dinamizm va bog‘lam qobiliyati kuchli emas. Ammo u "Barsa" uchun hech bo‘lmasa vaqtinchalik yechim bo‘lishi mumkin. Lo Chelso La-ligada yaxshigina tajribaga ega. U o‘tmishda "Vilyarreal" hamda "Real Betis"da harakat qilgan. U bir paytlar Lionel Messi tomonidan "top futbolchi" deya ta’riflangandi.

Yanxel Errera ("Jirona")

O‘tgan yozda "Jirona" tarkibidan Oriol Romeu xarid qilingandi. Qishda esa yana hamshahar va raqib klubdan yana bir yarim himoyachi, Errera sotib olinishi mumkin. Venesuela terma jamoasi a’zosi bu mavsumda o‘z jamoasining 13 ta bahsdan 11 tasini yutishida katta yordam berdi. Shu sabab "Jirona" uni sotmasligi aniq. Ammo "Barsa" urinib ko‘rishi kerak.

Gvido Rodriges ("Real Betis")

Gavining jarohati kataloniyaliklarga haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘lishi kutilmoqda. Negaki, u maydon markazida yagona ishonchli vakil edi. Ayniqsa, De Yong o‘rnini bildirmaslikda Xavi undan foydalanib keldi. Pedri va Fermin Gavining rolini bajarib berishsa, tayanch sohasiga baribir bir futbolchi yetmaydi. Shu sababdan Rodriges sotib olinishi kerak. 29 yoshli futbolchi kelasi yozda erkin agentga aylanadi. "Barselona" esa uni "Real Betis"dan arzonroq narxda sotib olishi mumkin.

Tiago Alkantara ("Liverpul")

Alkantara so‘nggi bor "Barselona" libosini kiygan vaqtlar jamoada Xavi sardor edi. Oradan o‘n yilcha vaqt o‘tdi. Gavi jarohat olgach esa, Alkantaraning qaytishi bilan bog‘liq gaplar yangray boshladi. U bu mavsumda hali maydonga tushgani yo‘q. Tiago o‘tgan mavsum oxirida olgan jarohatidan haliyam forig‘ bo‘la olmadi. 32 yoshli yarim himoyachining "Barselona"ga qanchalik kerakligi esa vaqt masalasidir.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:41, 25.11.2023.
O'qildi: 3570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.