Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 18:00 Ruminiya 3-0 Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv 0-2 Dinamo
17/06 20:00 Olimpik 0-1 OKMK
17/06 21:00 Belgiya 0-1 Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya 0-1 Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

"Barselona"ning kelasi yil boshida amalga oshirmoqchi bo‘lgan 6 ta transferi

"Barselona"ning kelasi yil boshida amalga oshirmoqchi bo‘lgan 6 ta transferi

Baho:
+ | -

“Men har kuni prezident va Deko bilan aloqadaman. Biz o‘zimizga mos keladigan futbolchilarni e’lon qilamiz", - dedi Xavi jurnalistlarga.

"Ular mening pozisiyamni bilishadi, men esa ularnikini bilaman va u yerdan konsensus topish haqida o‘ylab ko‘ramiz. Shubhasiz, biz butun mavsum davomida bir futbolchini (Gavi) yo‘qotmoqdamiz va biz kimnidir olib kelishimiz kerak bo‘ladi", deydi Xavi.

Biz yanvar oyidagi transfer oynasida "Barselona"ga qiziqish bildirgan olti nafar futbolchini batafsil tanishtirib chiqamiz.

Vitor Roke

"Barselona" yuqori baholangan yosh braziliyalikni qo‘lga kiritish uchun hamma narsani joyiga qo‘ygan. Ammo uning qachon kelishi borasida biroz chalkashliklar bor, uning Xavi jamoasiga qo‘shilishi uchun klub kelasi yozgacha kutishi kerak degan taxminlar bor.

Barcelona hope to sign Vitor Roque in January after Gavi's injury - Barca  Blaugranes

Ammo yangi o‘zgarishlar shuni anglatadiki, "Barselona" Rokeni yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, asosiy yarim himoyachi Gavi YECHLdagi jarohatidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tmaydi, bu esa uni keyingi mavsumga qadar maydonga tusha olmaydi. Bu 18 yoshli futbolchi uchun jamoada joy qoldiradi va u transferidan oldin ijaraga keladi. "Atletiko Paranayense"dan iyul oyida to‘liq sotib olinadi.

Artur Vermeeren

"Antverpen"ning yosh yarim himoyachisiga "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Mark van Bommel ustozlik qiladi va u hozirda katta talabga ega.

"Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Vest Xem" va "Brayton" kabi Premyer-liga klublari raqobatiga qaramay, "Barselona" 18 yoshli belgiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatilgan.

Analysis: Who is Belgian wonderkid Arthur Vermeeren that Barcelona are  tracking for the pivot position - Football España

Fichajaes'ning ta’kidlashicha, "Barsa" "bir necha oy davomida iqtidorli yarim himoyachini diqqat bilan kuzatib kelmoqda", ammo ularning moliyaviy cheklovlari klubning yanvar oyida taklif bilan chiqish imkoniga to‘sqinlik qildi. Agar ular uni chindan ham xohlasalar, "Arsenal" bilan jiddiy raqobatga kirishadi. London klubi futbolchiga 20 million yevro taklif tayyorlayapti.

Yan Maatsen

Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, Maurisio Pochettino "Chelsi"ga "La Masia" tarbiyalanuvchisi Pau Kubarsini olib kelmoqchi.

Himoyachining shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va Xavi o‘zining shu kungacha erishgan yutuqlaridan mamnun, shuning uchun ular uni sotib yuborishga shoshilishmasa kerak.

Ammo klubning moliyaviy ahvolidan kelib chiqsa, uni sotib yuborishi mumkin. Football.London xabariga ko‘ra, "Barselona" Maatsenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, transferga Kubarsini qo‘shish niyatida.

Burnley, Chelsea agree deal, but Ian Maatsen 'reluctant' to leave - We  Ain't Got No History

Niderlandiyalik chap qanot himoyachisi, shuningdek, qanot hujumchisi sifatida ham o‘ynay oladi, bu mavsumda Pochettinoning "ko‘klar" tarkibida deyarli maydonga tushmadi. O‘tgan mavsumda u "Byornli"da bosh rolni o‘ynagan holda Yevropa bo‘ylab skautlarning e’tiborini tortdi, chunki ular Premer-ligaga ko‘tarilishdi.

Jeydon Sancho

Uning Erik ten Xag bilan "Manchester Yunayted"dagi muosabatlarini hisobga olsak, Sancho yanvar oyida faoliyatini qayta tiklash maqsadida "Old Trafford"ni tark etishi ehtimoli ortib bormoqda.

Uning uzoq muddatli shartnomasi va katta maoshi hisobga olinsa-da, yarim mavsumlik ijara eng ehtimolli natija bo‘lib ko‘rinadi. Dortmundning "Borussiya"siga qaytish va "Yuventus"ga o‘tish ehtimoliy yo‘nalish sifatida qayd etilgan.

Manchester United told to offload Jadon Sancho and replace him with  surprise Premier League star - Manchester Evening News

Sport xabariga ko‘ra, "Barsa" qanot hujumchisining atrofidagilar bilan bog‘langan, ko‘plab Yevropa klublari kabi kataloniyaliklar vaziyatni kuzatmoqda.

Luis Dias

Bir qator opportunistik nashrlar Luis Diazning otasining so‘nggi so‘zlariga ko‘ra, kolumbiyalik hujumchining Kataloniyaga o‘tishi haqida yozdi.

"To‘g‘ri, Luis "Barselona"ning sodiq muxlisi va uning orzusi u yerda o‘ynash. "Shunindek, "Portu" va "Liverpul"ga unga g‘amxo‘rlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", dedi Diazning otasi Win Sports'ga bergan intervyusida.

Mother of Liverpool striker Luis Diaz rescued after being kidnapped by  gunmen, search for father continues

Bu qaror to‘g‘riligiga shubha qilish uchun hech qanday sabab yo‘q, lekin Diazning "Liverpul" bilan shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi va "Barselona" uni yanvarda sotib olishi uchun moliyaviy ahvolida keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kerak bo‘ladi. Yanvar oyida Rafinya bilan potensial almashish kelishuvi muhokama qilindi, ammo bu birmuncha qiyin kechdi.

Jovanni Lo Chelso

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Barselona" Gavining jarohatidan so‘ng, o‘rtadagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun argentinalik futbolchini kuzatmoqda. U yozda nishonga olingan va yanvar oyida Gavining o‘rnini to‘ldirishi mumkin.

27 yoshli futbolchi "Tottenxem"ga moslasha olmadi, biroq terma jamoada yaxshi taassurot qoldirdi va "Vilyarreal" hamda "Real Betis" tarkibidagi o‘yinlar bilan La Ligada nisbatan o‘zini ko‘rsatdi.

Club president reveals Giovani Lo Celso Tottenham move is off as transfer  alternative named - football.london

U bu mavsumda Anje Postekoglou qo‘l ostida kamdan kam maydonga tushdi, ammo Jeyms Maddison jarohatidan so‘ng o‘yin vaqti ko‘payishi mumkin. Metro xabariga ko‘ra, "shporlar" Lo Selsoni mavsum oxirigacha saqlab qolishni istamoqda.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:21, 26.11.2023.
O'qildi: 10543 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.