Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya 0-0 Gana
24/06 04:00 Panama 0-1 Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya 1-0 Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

Ro‘ziqul Berdiyev va Javohir Sidiqov "Al-Faysaliy"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

Ro‘ziqul Berdiyev va Javohir Sidiqov "Al-Faysaliy"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Qarshining "Nasaf" klubi OCHL 5-turida o‘z maydonida Iordaniyaning "Al-Faysaliy" jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahsdan avval qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda yarim himoyachi Javohir Sidiqov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: Chempionlar ligasi guruh bosqichida hal qiluvchi palla boshlandi. Mavsum avvalidayoq maqsad sifatida keyingi bosqich yo‘llanmasi qo‘yilgan edi. Ertaga ham faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Taqvim tig‘izligiga allaqachon ko‘nikib bo‘ldik. Siz xalqaro maydonda o‘ynashni xohlasangiz, shunday bo‘lishi tabiiy. Muhimi, barcha yigitlar bo‘lajak o‘yinga shay holatda. Faqatgina diskvalifikasiya tufayli Alibek Davronovning xizmatidan foydalana olmaymiz.

Raqib Iordaniyaning eng kuchli jamoasi va faqat tajribali o‘yinchilardan tuzilgan. Ularning "Sharja" va "As Sadd" jamoasidan farqi bitta futbolchiga bog‘lanib qolmagan. Shuningdek, jismoniy jihatdan juda yaxshi shakllangan. Bu jamoani yengish uchun katta mehnat qilishimiz kerak bo‘ladi.Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi jamoaga kuch beradi. Ertaga ham stadionda ajoyib atmosfera bo‘ladi degan umiddamiz.

Javohir Sidiqov: Bizni muhim bahs kutib turibdi. Jamoa yaxshi formada, yigitlarning kayfiyati yuqori. Xudo xohlasa, ertaga g‘alaba bilan Qashqadaryo ahlini xursand qilishga urinamiz.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 21:12, 26.11.2023.
O'qildi: 2894 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик