"MYU" futbolchisi APL klublari tomonidan kuzatilmoqda. Kecha "qizil iblislar"ning "Xetafe" safida ijara asosida harakat qilayotgan hujumchisi Meyson Grinvud o‘zining mavsumdagi 4 golini urdi.
"Almeriya" darvozasiga jarima maydonchasi tashqarisidan kiritilgan gol "Xetafe" g‘alabasini ta’minladi. APL klublari unga da’vo qilishi aytilgan. 22 yoshli hujumchi bu mavsumda 4 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qildi.