Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Angliya terma jamoasining markaziy hujumchilari: Yevroga kim borishi kerak?

Angliya terma jamoasining markaziy hujumchilari: Yevroga kim borishi kerak?

Baho:
+ | -

Angliya futboli tarixida shunday davr bo‘lganki, terma jamoada fantastik yulduz hujumchilar harakat qilgan. Hozirgi davr haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Garet Sautgeyt ixtiyorida unchalik ham katta tanlov imkoniyati mavjud bo‘lmasada, yarq etib ko‘zga tashlangan nomlar mavjud. Quyida Angliya terma jamoasi Yevro-2024 da foydalanishi mumkin bo‘lgan markaziy hujumchilarga e’tibor qaratamiz.

5. Ayvan Tauni

Tauni onlayn qimor o‘yiniga pul tikkani uchun futboldan ancha chetda qolmoqda. "Brentford" hujumchisi taqiqqa uchraguniga qadar, o‘tgan mavsum davomida 21 ta golga mualliflik qilgan. Bu esa APLda Xoland va Keyndan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkich edi. U yanvar oyidan boshlab maydonga qaytishi mumkin bo‘ladi. Baxtga qarshi, Garet Sautgeyt unchalik ham tavakkalchi mutaxassis emas. Shu sababli Tauni boshqa terma jamoaga chaqirilmasa kerak. Xarholda, Yevropa chempionatiga qadar bunday bo‘lmaydi. Ammo 27 yoshli hujumchining talanti va darajasiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bekorga unga "Chelsi" qiziqish bilan qaramayapti.

4. Eddi Nektia

Eddi Nketia yaxshi darajadagi hujumchi. Ammo uning 21 yoshli terma jamoadagi to‘purarlik maqomi hech narsani anglatmaydi. Nketia hali yosh, ammo uning darajasi terma jamoadagi o‘rin uchun kurashishga yetishi so‘roq ostida qolmoqda. Ammo kerak vaqtda, u doimo Gabriel Jezus o‘rnini to‘ldirib, APLda gollar ura oladi.

3. Kallum Uilson

Uilson hozir jarohat olgani sababli maydonga tusha olmayapti. Uning o‘rnini to‘ldirgan Aleksander Isak esa "Nyukasl"ga foyda keltira olmoqda. Uilson Qatardagi mundialda Xarri Keyn o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajargan edi. Shunday ekan, u Germaniyadagi qit’a chempionatida ham bu ishni yana bir bor qilishi mumkin. Agarda o‘sha vaqtgacha hammasi joyida bo‘lsa, Uilsonda yaxshigina imkoniyat bo‘ladi.

2. Olli Uotkinz

Uotkinz bundan bor-yo‘g‘i besh yil ilgari Angliyaning beshinchi divizionida o‘ynayotgan edi. Hozir uni ko‘rgan muxlislar yuqoridagi ma’lumotga ishonishi qiyin, albatta. "Aston Villa" vakili Unai Emeri bilan o‘z jamoasi joniga oro kirmoqda. Yevrokuboklar qatnashchisi bo‘lgan klub uchun Uotkinz ko‘proq narsa taklif etishga intilmoqda. Agarda u porlashda davom etsa, Sautgeyt unga Yevro-2024 qatnashchiligini sovg‘a qilishi mumkin.

1. Xarri Keyn

Angliyaning eng muhim vakiliga ham yetib keldij. Tomas Tuxel aytganidek, Keyn Angliyaning xaloskori va uni asosiy jamoaga kiritmaslik imkonsiz ish. Haqiqatdan ham shunday. Agarda Keyn sog‘-salomat bo‘lib tursa, butun millat kelasi yozda aynan uning harakatlaridan umidvor bo‘ladi. Xarri Keyn hozirga qadar inglizlar safida barcha davrlarning eng yaxshi to‘purariga aylanib ulgurgan.

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:41, 27.11.2023.
O'qildi: 3910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.