Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Kristian Vyeri: «Inter» zaxirasida oddiy futbolchi yo‘q»

Kristian Vyeri: «Inter» zaxirasida oddiy futbolchi yo‘q»

Baho:
+ | -

Shanba kuni Italiya «A» seriyasi joriy mavsumining bosh jamoasi aslida kim ekanligi to‘g‘risida dastlabki taassurotga ega bo‘lamiz.

Turnir jadvalida boshqalardan ildamlab ketayotgan «Yuventus» va «Inter»ning sobiq hujumchisi Kristian Vyeri ana shu yil o‘yini arafasida Gazzetta dello Sport gazetasiga intervyu berdi. Unda 12 iyul kuni 50 yoshini qarshi olgan Kristian o‘tmishdagi bu ikki jamoasining bugungi kuni va boshqa mavzularda gapirdi.

- Mavsumning markaziy o‘yini haqida qanday taxminlaringiz bor?

- Men har doim pozitiv o‘ylayman. Agar «Inter» g‘alaba qozonsa, asosiy raqobatchisidan 5 ochkoga ildamlab ketadi; Agar «Yuve» g‘alaba qozonsa, yakka o‘zi yetakchilik qiladi: demak, bunday o‘yinda g‘alaba qozonishga urinmasa, yana qaysi birida urinadi? Va agar har ikki tomon g‘alaba uchun borini berib o‘ynashsa, dahshatli o‘yin guvohiga aylanishimiz aniq.

- Bu ikki jamoaning startdagi o‘yinlariga ko‘ra, jadvaldagi o‘rinlari adolatsiz, de­yish mumkinmi?

- Yo‘q! «Inter» ajoyib, chiroyli futbol namoyish etmoqda. Anomaliya esa «Sassuolo» va «Bolonya»ga yut­qazgan ochkolarda yotadi: keling, kamida ikkitasini qo‘shamiz va bo‘shliq yanada aniqroq bo‘ladi. Ammo «Yuve» hech narsadan voz kechmaydi va bu «Inter»dan yuqorida qolish oson emas: ixcham «Yuve», ixcham futbol.

- Allegri ixtiyorida shuncha yuqori saviyali hujumchilar bo‘lishiga qaramay, o‘yini butkul teskari sxemada...

- Xohlaysizmi-yo‘qmi, Allegri bunga rozi: gollardan ko‘ra ko‘proq natija kerak. Har doim ham shunday emas, lekin har bir o‘yinda shu sxemani ko‘ramiz. Biroq, uning to‘rtta kuchli hujumchisi bor, yaxshilanishi kerak bo‘lgan futbolchilar bor va ehtimol yangilar ham kelar. «Yuve» faqat kuchli o‘yinchilarni sotib oladi. Chunki vazifa katta - chempionlikni qo‘lga kiritish.

- «Inter» zaxira o‘rindig‘i kuchliroqmi?

- Ancha kuchli. Uning zaxirasida oddiy futbolchi yo‘q, barcha yangi kelganlar asosiy tarkibdagi potensial o‘yinchilardir: Pavar, Karlos Augusto, Frattezi, Sanches, Arnautovich. Menga Lukaku yoqadi. Uning vaznimi? Bu muhimmi? U «Roma»da nimalar qilayotganini kuryapmizku! Ammo «Inter» ham Tyuramni oldi...

- Lautaro haqida nima deysiz?

- U jamoasi uchun ko‘p narsa qiladi: har doim muvozanatni o‘zgartirish payida yuradi. Qanchalik ko‘p gol ursangiz, yana shuncha ko‘p gol urishni xohlayverasiz - u ham shundaylar toifasidan. Lekin «Yuve» ham gol ura oladigan hujumchilarga ega. Faqat, ular ko‘proq gol urishlari kerak - ularga shu yetishmayapti.

- Hozirdan chempionlik kurashidagi yetakchilarni ajratib ko‘rsatish mumkinmi?

- Hali erta, oldinda yana 26ta o‘yin bor. Ammo bugun, ha, men bu ikki jamoani ayta olaman. Lekin «Milan» va ayniqsa, ular kabi kuchli bo‘lgan «Napoli»ning muammolari borligiga qaramay, esdan chiqarmang.

- «Milan»ning muammosi nima?

- «PSJ»ga qarshi o‘yinni ko‘rib, fransuzlar muammoga duch kelgandek tuyuldi... Ammo ularga hujumda nimadir yetishmayapti: golning og‘irligi Leao va Jiru uchun juda katta, ular mo‘’jiza ortida mo‘’jizalar yaratadilar. «Inter» va «Yuve» to‘rttadan hujumchiga ega, ammo «Milan»da yo‘q.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:59, 28.11.2023.
O'qildi: 1291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.