“Nyukasl” himoyachisi Kiran Trippyer Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan “PSJ”ga qarshi o‘yin (1:1) yakunlarini sarhisob qildi.
“Men futbolchilarimiz bilan juda faxrlanaman. Jarohatlar sharoitida bu yerga kelib, bir ochko olish - bu ijobiy holat. Har qanday kunda biz eng yaxshi jamoalar bilan raqobatlasha olamiz, chunki biz "PSJ"ga qarshi ikki marta o‘yin ko‘rsatdik. Ammo bugungi natijadan hafsalamiz pir bo‘ldi", - deya Trippyerning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.