Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Xummels: "O‘tgan yili bizni mentalitetimiz uchun haqli ravishda tanqid qilishdi"

Xummels: "O‘tgan yili bizni mentalitetimiz uchun haqli ravishda tanqid qilishdi"

Baho:
+ | -

"Borussiya" (Dortmund) himoyachisi Mats Xummels Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasidagi "Milan" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.

“O‘ylashimcha, biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik, lekin birinchi bo‘limda hujumda unchalik yaxshi bo‘lmaganmiz. Gregor boshidanoq penaltidan to‘pni qaytardi. O‘shanda to‘pga egalik qilgan holda stadionni o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ldik. Bu haqli g‘alaba edi.

Jamoa mentaliteti? O‘tgan yili bizni mentalitetimiz uchun haqli ravishda tanqid qilishdi. Lekin, menimcha, bu mavsumda katta ish qilishimiz shart emas. Hozir biz maydonda birga ishlashga tayyor jamoamiz", - dedi Xummels Kicker bilan suhbatda.

Beshinchi turdan so‘ng Dortmundliklar “F” guruhida 10 ochko bilan “PSJ” (7 ochko), “Nyukasl” (5 ochko) va “Milan” (5 ochko) jamoalarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Terzich shogirdlari guruh bosqichining so‘nggi o‘yinini “PSJ”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 13 dekabr kuni "Signal Iduna Park"da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:13, 29.11.2023.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик