Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

YECHL. Angliya klublarining Yevropa sahnidagi ahvoli qanday?

YECHL. Angliya klublarining Yevropa sahnidagi ahvoli qanday?

Baho:
+ | -

Joriy mavsumning YECHL guruh bosqichi o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Unda biz kutilmagan natijalarga guvoh bo‘ldik. Ammo pley-off bosqich masalasini hali qiluvchi o‘yinlar hali oldinda turibdi. Bugun APL nomidan YECHLda ishtirok etayotgan klublar ahvoliga nazar tashlamoqchimiz. Quyida shu haqida fikr yuritiladi.

"Arsenal"

"Arsenal" Arsen Venger davrlaridan keyin ilk bor bu turnirga qaytdi. Aytish mumkinki yetti yillik qaytish, muvaffaqiyatli kechmoqda. London klubi guruh bahslarida bir bor mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat "Lans"ga qarshi yuz bergan edi. Fransuz klubi javob o‘yini uchun bugun "Arsenal" maydoniga tashrif buyuradi. Ushbu uchrashuv Arteta jamoasiga qasos olish imkoniyatidan tashqari, keyingi bosqich masalasini ham hal qilishga yordam beradi. Bu bahsda to‘pchilar uchun durang ham yetarli bo‘ladi, aslida. Ammo "PSV" buning uchun "Sevilya"ga mag‘lub bo‘lib berishi kerak. Agarda g‘alaba qo‘lga kiritilsa, "Arsenal" o‘z guruhida yetakchi sifatida qoladi va nimchorak finalda qaysidir guruhning ikkinchi o‘rindagi jamoasi bilan to‘qnash keladi.

"Manchester Siti"

Gvardiola jamoasi bilan hammasi joyida. "Manchester Siti" 4 turdan keyin keyingi bosqich masalasini hal etib qo‘ygandi. Kechagi "Leypsig"ga qarshi bahsda uch ochko olinib, dominantlik yanada mustahkamlandi. Xatto, bu o‘yinda mag‘lubiyat ham "shaharliklar"ni birinchi o‘rin bilan nimchorak finalga olib chiqqan bo‘lardi.

"MYU"

"Manchester Yunayted" o‘z tarixi davomida hali biror marta guruh bosqichida 4 bor mag‘lubiyatga uchramagan. Ammo bu mavsumda Erik ten Xag shogirdlari allaqachon 3 marta raqibga taslim bo‘ldi. Agarda bugungi o‘yin g‘alaba bilan yakunlanmasa, "MYU" nimchorak finalda quruq qoladi. Bordiyu, "Kopengagen" "Bavariya"ni mag‘lub eta olmasa, "Galatasaray" bilan durang ham "qizil iblislar"ni qoniqtiradigan natijaga aylanadi. 5 turning muhimligi shundaki, "MYU" so‘nggi o‘yinini "Bavariya"ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahsdan ochko olish oson kechmaydi. Nemis giganti allaqachon keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega. Shu sababli ularda motivasiya bo‘lmasligi mumkin. Bu esa "MYU"ga qo‘l keladi.

"Nyukasl"

"Nyukasl" "PSJ"ga qarshi bahsda kamida mag‘lubiyatga uchramasligi kerak edi. Bu ish uddalandi. Endi esa "Milan"ga qarshi uydagi g‘alaba havo va suv kabi zaruratga aylandi. Shunda ham narigi juftlik natijasiga qarash kerak bo‘ladi. Agarda "Borussiya Dortmund" o‘z maydonida so‘nggi turni g‘alaba bilan tugatsa, u holda "Nyukasl" "Milan"ni yutib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xullas, "Nyukasl"ning imkoniyatlari ancha cheklangan. Ammo umid yo‘q emas.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:50, 29.11.2023.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.