Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Ronaldu Binance kripto birjasini reklama qilgani uchun sudga tortildi

Ronaldu Binance kripto birjasini reklama qilgani uchun sudga tortildi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Florida okrug sudida jamoaviy da’voga uchradi.

Sababi "An-Nasr" hujumchisi Binance kriptovalyuta birjasini reklama qilgan.

Coin Telegraph nashrining yozishicha, 27 noyabr kuni Florida shtatidagi AQSH okrug sudiga berilgan da’voda Ronaldu "Binance bilan kelishilgan holda ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarni taklif qilish va sotishda rag‘batlantirgani, yordam bergani va/yoki faol ishtirok etgani" aytilgan.

Ta’kidlanishicha, platforma ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarga, shu jumladan Binancedagi BNBga sarmoya kiritish uchun bir qator Ronaldo NFT-tokenlarini sotib olgan foydalanuvchilarni jalb qilgan.

Shuningdek, da’vo arizasida qayd etilishicha, Ronaldu "Binance ro‘yxatdan o‘tmagan kriptovalyuta qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qilayotganini bilishi kerak edi, chunki u tashqi maslahatchilarni jalb qilish uchun sarmoyaviy tajriba va katta resurslarga ega edi".

Da’vogarlar zararni qoplash va sud xarajatlarini qoplash uchun mablag‘ talab qilmoqda.

Avvalroq Binance pul yuvishga qarshi kurash qoidalariga rioya qilmaslik va sanksiyalarni buzganlikda aybini tan oldi va AQSH rasmiylari bilan kelishuv bitimiga erishdi. Binance Holdings kelishuvning bir qismi sifatida 4,3 milliard dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.

Ronaldu va kriptovalyuta almashinuvi Binance 2022 yilning yozida NFT maydonida hamkor bo‘lgandi.

Kiritildi: 17:27, 29.11.2023.
O'qildi: 2818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.