Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Iste’dodlar fabrikasiga kiritilgan sarmoya — Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

Iste’dodlar fabrikasiga kiritilgan sarmoya — Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

Baho:
+ | -

AQSHning “Inter Mayami” va Argentina terma jamoas sardori Lionel Messi Tersera RFEF (Ispaniyaning beshinchi divizioni) ligasida ishtirok etuvchi Kataloniyaning “Kornelya” klubini sotib oldi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Baysh-Lobregat mintaqasi jamoasini sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunladi. Ushbu kelishuv orqali Messi Barselona shahri bilan o‘zining yaqin aloqalarini yanada mustahkamladi.

Iste’dodlar fabrikasi

1951 yilda tashkil etilgan “Kornelya” Kataloniya va Ispaniya futbolidagi o‘z an’anasiga ega klublardan biri sanaladi. Tarixi davomida jamoa yosh futbolchilarni tayyorlashda o‘ziga xos namuna vazifasini o‘tab kelgan.

Klub safidan milliy va xalqaro miqyosdagi elita darajasiga chiqqan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqqan. Ular orasida “Arsenal” va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David Raya, Messining “Barselona” va “Inter Mayami”dagi jamoadoshi Xordi Alba, “Barselona” asosiy tarkibidan joy olgan Jerar Martin, “Espanyol” sardori Xavi Puado, Senegal terma jamoasi a’zosi Keyta Balde, “Betis” sardorlaridan biri Aitor Rubial va MLS chempioni Ile Sanches kabi nomlar bor.

Leo Messining kelishi klub tarixida yangi sahifa ochadi. Loyihaning asosiy maqsadi – sport va institusional o‘sishni rag‘batlantirish, klub tuzilmasini mustahkamlash va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishdir.

“Strategik reja uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘z ichiga ulkan maqsadlar va barqarorlikni qamrab oladi”, deyiladi Marca nashri xabarida.

Hozirda jamoa Segunda RFEF (to‘rtinchi divizion) ligasiga chiqish uchun kurashmoqda. Tersera RFEF 5-guruhida “Kornelya” 55 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi va “Manresa” (60 ochko) hamda “Badalonya”dan (57 ochko) ortda qolmoqda.

Avvalroq Krishtianu Ronaldu ham Ispaniyaning “Almeriya” futbol klubining 25 foiz aksiyasini sotib olgan edi. Investisiya Ronaldu sport biznesi operasiyalarini boshqarishda foydalanadigan CR7 SA guruhi tarkibida tashkil etilgan CR7 Sports Investments korxonasi orqali amalga oshirilgan.

“Almeriya” oxirgi marta 2023/24 yilgi mavsumda La Ligada ishtirok etgan. Jamoa hozirda Ispaniya ikkinchi ligasi — Segunda chempionligi uchun kurashmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:16, 16.04.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик