Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Prevyu. «Navbahor» - «Neftchi»

Prevyu. «Navbahor» - «Neftchi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining so‘nggi, 26-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Navbahor” o‘z maydonida “Neftchi” (Farg‘ona)ni qabul qiladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida shu kungacha o‘zaro 57 marta uchrashishgan.

Ushbu o‘yinlarning 26 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 14 tasida “Navbahor” zafar quchgan, 17 ta bahsda esa klublar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 81-56, “Neftchi” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda farg‘onaliklar 95, namanganliklar esa 59 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda 4 marta yirik hisob qayd etilgan. “Neftchi” 1995 va 1997 yillarda Namanganda 3:0, 2001 yili esa Farg‘onada 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Navbahor” 2004 yili Farg‘onada 3:0 hisobida zafar quchgan.

Mazkur klublar o‘rtasidagi eng sermahsul bahs 2010 yilgi mavsumda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan hamda unda darvozalarga 7 ta to‘p kiritilgan. O‘sha o‘yinda “Neftchi” 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.  

Ta’kidlash joizki, Farg‘ona jamoasi 2018 yili o‘z tarixida ilk marta Superliga (oliy liga)ni tark etdi va 3 yillik tanaffusdan so‘ng, yana elitaga qaytdi.  

Ushbu jamoalar o‘rtasida Namanganda o‘tkazilgan 28 ta uchrashuvning 11 tasida “lochinlar”, 5 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 12 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 30:27, “Navbahor” foydasiga.

Mazkur klublarning joriy mavsumning 1-davrasida Farg‘onada bo‘lib o‘tgan bahsida hisob ochilmagandi – 0:0.

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:

1992 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

1993 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 0:0
“Neftchi” – “Navbahor” – 3:2

1994 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

1995 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 0:3
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

1996 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

1997 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Neftchi” – 0:3

1998 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 3:1
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:2

1999 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 0:2

2000 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 3:3
“Neftchi” – “Navbahor” – 4:1

 2001 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 4:1
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

2002 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 4:2

2003 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 3:1
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

2004 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 0:3
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

2005 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0
“Neftchi” – “Navbahor” – 3:0

2006 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 0:2
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

2007 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 0:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:1

2008 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

2009 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:0

2010 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 4:3

2011 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 0:2
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:1

2012 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0
“Neftchi” – “Navbahor” – 3:0

2013 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:0
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1

2014 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

2015 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

2016 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

2017 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:1

2018 yil    
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1
“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

2022 yil
“Navbahor” – “Neftchi” – 0:0
“Neftchi” – “Navbahor” – 1:2

2023 yil
“Neftchi” – “Navbahor” – 0:0.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasining so‘nggi, 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” o‘yini 1 dekabr kuni soat 17:15 da Namangandagi “Markaziy” stadionida start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:51, 29.11.2023.
O'qildi: 1513 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.