El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, ayni damda Angliyaning "Brayton" jamoasida ijara asosida o‘ynayotgan "Barselona" hujumchisi Ansu Fati "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda (3:2) jiddiy jarohat oldi.
Futbolchiga boldir mushaklari jarohati tashxisi qo‘yilgan, bu esa uni kamida 3 oyga futboldan chetlatishi mumkin.