Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Joriy mavsumning eng yaxshi assistentlari nomi ma’lum bo‘ldi

Joriy mavsumning eng yaxshi assistentlari nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

2023/24 yillarda "Nyukasl", "Bavariya" va "Inter" futbolchilari eng yaxshi assistentlar ro‘yxatidan joy oldi. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Eslatma: mavsumning avvalida turganimiz uchun biz eng kuchli beshta nomni ro‘yxatga kiritdik. Bu ro‘yxat 10 talik qilib kengaytiriladi.

5. Kiran Trippyer – 6 ta assist

"Nyukasl Yunayted" sardori yana bir mavsumni fantastik tarzda o‘tkazmoqda. Trippyer aslida sentyabr oxiriga qadar birorta golli uzatma ijro etmagandi. Ammo "Sheffild Yunayted"ga qarshi 8 ta goldan uchtasida Trippyer assistent bo‘ldi. Bu orqali u o‘z ishonchini yana qaytarib oldi. Qanot himoyachisi "Kristal Pelas", "Vest Xem", "Byornli" va "PSJ"ga qarshi assistlar qayd eta oldi.

4. Leroy Sane – 6 ta assist

"Manchester Siti"dan ketib, o‘z baxtini topgan futbolchilar ichida Sane ham bor. 27 yoshli hujumchi joriy mavsumda ham unumdor harakat qilmoqda. Uning hisobida hozirga qadar 8 ta gol va 6 ta assist mavjud. Bunda unga Xarri Keyn katta yordam bermoqda. Umuman olganda, bu juftlik bir-biriga gol urishda yordam berish bilan band.

3. Markus Tyuram – 6 ta assist

Fransiya terma jamoasi a’zosi "Inter"ga o‘tib, xato qilmadi deyish mumkin. U yozda "Borussiya Myunxengladbax" safini tark etgan edi. Tyuram bu mavsumda jami 10 ta golda ishtirok etdi. Shundan 6 tasi assist sanaladi. Markus ham xuddi Sane-Keyn singari Lautaroga yaxshi juft bo‘la oldi.

2. Xavi Simons – 7 ta assist

Odamlar Simons haqida, hali u "Barselona" akademiyasida ekanida gapirishni boshlagandi. Vaqt o‘tishi bilan, yosh hujumchi "PSJ" safiga keldi. U yerdan esa "PSV"ga sotib yuborildi. Bu yozda Xavi qayta sotib olinib, "Leypsig"ga ijaraga berildi. Bundesligada niderlandiyalik talant 7 ta assist va 3 ta golga mualliflik qildi. 20 yoshli hujumchi bu ketishda "PSJ"ga qaytib borib, asosiy tarkibdan o‘rin egallaydi.

1. Pedru Netu – 7 ta assist

Bir necha yillardan beri futbol olamiga tanish bo‘lib ulgurgan futbolchi, "Vulverxempton"da yulduzga aylandi. U Diyegu Jota o‘rnini egallay oldi. Jarohatlardan qiynalayotganiga qaramasdan, portugaliyalik ajoyib harakat qilmoqda. Netu APLda "Nyukasl", "Liverpul", "Kristal Pelas", "Everton" hamda "Aston Villa" darvozasini ishg‘ol etishda bevosita ishtirok etgan edi. U va Xvang Xi-CHan dueti, hozircha o‘zini oqlamoqda.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 15:22, 30.11.2023.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик