Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Anchelotti Pas haqida: "Unda ko‘p yillar davomida bu yerda o‘ynash uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlar mavjud"

Anchelotti Pas haqida: "Unda ko‘p yillar davomida bu yerda o‘ynash uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlar mavjud"

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi yarim himoyachisi Nikolas Pasning imkoniyatlari haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr, chorshanba kuni madridliklar YECHL guruh bosqichining 5-turi doirasidagi o‘yinda 19 yoshli yarim himoyachining 84-daqiqada kiritgan goli evaziga “Napoli”ni (4:2) mag‘lub etishgan edi.

"Niko "Napoli"ga qarshi o‘yinda jamoaga katta yordam berdi. Bu uning uchun o‘zgacha kecha bo‘ldi. Sizni ishontirib aytamanki, u kelajakda "Real" sharafini himoya qiladigan futbolchi. Unda ko‘p yillar davomida bu yerda o‘ynash uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlar mavjud", - dedi Anchelotti.

Nikolas Pas 2016 yildan beri "Real Madrid" tizimida. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Los-Blankos" tarkibida barcha turnirlarda to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 5 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 16:45, 30.11.2023.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик