Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Kopengagen" futbolchisi A Seriyaning grandiga o‘tishi mumkin

"Kopengagen" futbolchisi A Seriyaning grandiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Italiyaning “Yuventus” klubi Daniyaning “Kopengagen” jamoasi vingeri Runi Barjiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Calciomercato nashri.

Xabar qilinishicha, “keksa sinyora” skautlari Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi “Kopengagen”ning “Bavariya”ga qarshi o‘yiniga tashrif buyurgan va bu o‘yin golsiz durang bilan yakunlangan. Barjining transfer narxi 4 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda 18 yoshli Runi Barji “Kopengagen” safida 20ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi.

Kiritildi: 19:31, 30.11.2023.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик