Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

A seriya. «Yuventus» safarda qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

A seriya. «Yuventus» safarda qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Kecha Italiya chempionatining 14-turiga start berildi. «Yuventus» klubi «Monsa» maydoniga safar uyushtirib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Turinliklar bahsning 10-daqiqasida penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Ammo Vlaxovich tomonidan yo‘llangan zarbani darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Shunga qaramay, oradan 2 daqiqa o‘tib "Yuve" hisobni ochdi. Qanotdan yetkazilgan to‘pni Rabyo bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

"Keksa sinyora" tanaffusga qadar o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi, ammo Gatti yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qila olmadi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar esa dramatik ko‘rinishda o‘tdi. "Monsa" 90+2-daqiqada o‘zining ilk golli vaziyatini yaratdi va undan samarali foydalandi. Valentin Karboni "Yuventus" jarima maydoni burchagidan uzatma berdi. Ammo to‘p hech kimga tegmasdan to‘rga kirib ketdi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib esa "Yuve" g‘alaba to‘pini kiritdi. Rabyo qanotdan yetkazgan uzatmani Federiko Gatti kuchli zarba bilan raqib darvozasiga yo‘lladi.

"Yuventus" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 33 taga yetkazib, peshqadamga aylandi. 32 ochkoga ega "Inter" o‘z o‘yinini ertaga "Napoli"ga qarshi o‘tkazadi.

Italiya chempionati, 14-tur
Monsa – Yuventus 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar:  0:1 – 12 Rabyo, 1:1 – 90+2 Karboni, 1:2 – 90+4 Gatti.
Noaniq penalti: Vlaxovich (10, darvozabon)
Monsa – Di Gregorio, Birindelli (Kolombo, 46), Kaldirola, D`Ambrozio, Mari (Karboni, 66), Kiryakopulos (Pedru Pereyra, 66), Galyardini, Pessina, Machin (Mota, 46), Kolpani (Karboni, 76), Churria.
Yuventus – Shchensni, Kambyazo (Lokatelli, 87), Aleks Sandro, Bremer, Gatti, Kostich, Rabyo, Nikolussi-Kavilya (Danilo, 70), Makkenni, Kyeza (Kin, 76), Vlaxovich (Milik, 70).
Ogohlantirishlar: Kiryakopulos (9), Bremer (30), Milik (81).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:47, 02.12.2023.
O'qildi: 1275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.