Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Brentford" ustozi: "Tonini yanvar oyida yo‘qotishni xohlamayman"

"Brentford" ustozi: "Tonini yanvar oyida yo‘qotishni xohlamayman"

Baho:
+ | -

Londonning "Brentford" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank Premyer-liganing ko‘plab top-klublariga qiziqish bildirayotgan hujumchi Ayvan Tonini yo‘qotishni istamasligiga ishontirdi.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi diskvalifikasiya tufayli mavsumning birinchi yarmini o‘tkazib yuborgandi. Ayvan yanvarda maydonga qaytadi.

"Yanvarda Tonini yo‘qotishni xohlamayman. Umid qilamanki, 1 fevral kuni Ayvan "Brentford" futbolchisi bo‘ladi. Hozir u yaxshi formada va avvalgidan ham muvaffaqiyatga chanqoq. Ishonchim komilki, u yaxshi futbol ko‘rsata oladi", - dedi Frank matbuot anjumanida.

Avvalroq Toniga "Tottenxem", "Chelsi" va "Arsenal" kabi klublardan qiziqish borligi xabar qilingandi. Ayvan o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 20 ta gol urdi.

Kiritildi: 16:23, 02.12.2023.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик