Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ojiz «MYU»

Ojiz «MYU»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» shanba kuni APLning asosiy o‘yinida «Nyukasl» mehmoni bo‘ldi. Minimal hisobda yutqazdi, ammo tarkib jihatidan ular ushbu raqibini yutishlari shart edi.

55-daqiqada «Arsenal» va «Chelsi» darvozasini ishg‘ol qilgan Entoni Gordon Kiran Tripyerning uzatmasini aniq amalga oshirdi – bu uchrashuvdagi yagona gol bo‘ldi. 1:0 hisobi esa mezbonlarning katta ustunligini umuman aks ettirmaydi.

«Nyukasl» o‘yin yakunlanishiga oz vaqt qolganida «Manchester Yunayted»ni ko‘p jihatlarda ortda qoldirdi – 22:3. So‘nggi daqiqalarda mehmonlar tez-tez zarba berib turishdi, shuning uchun hammasi shu raqamlar bilan yakunlandi - 22:8, ammo hech narsa o‘zgarmadi.

Biroq «Nyukasl» kamdan-kam hollarda aniq mo‘ljalga zarba bera oldi - atigi to‘rt marta. Ammo «Manchester Yunayted» - faqat bir marta aniq zarba berganini ham unutmaslik kerak. To‘pga egalik qilish bo‘yicha esa mehmonlar 73-daqiqaga kelib bor-yo‘g‘i 37 foizga ega bo‘lishdi – yakunda u 41,7 foizga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, XG ayniqsa kuchli ko‘rinadi: 0,38 ga nisbatan 2,98!

To‘g‘ri, «Manchester Yunayted» hatto eng oxirida shunday vahshiy statistika bilan gol urdi. Ammo to‘p o‘yindan tashqari holatda qolgan Xarri Maguayr orqali darvozaga kirgani bois hisobga o‘tmadi.

Yana bir qiziq jihat: «Nyukasl» bu hafta ikkita qiyin o‘yinda («PSJ» va «Manchester Yunayted»ga qarshi) bor-yo‘g‘i ikkita o‘zgarishni amalga oshirdi va agar «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindagi majburiy jarohatni hisobga olmasa, u holda umuman bitta o‘zgarishga guvoh bo‘ldik: Martin Dubravka o‘yin oxirida Nik Poupni almashtirdi.

«Manchester Yunayted» kuchli raqiblarga qarshi yomon o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda bunday bo‘lmagan. «Manchester Yunayted» APLda durang o‘ynamagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda. «Qizil iblislar» uchun o‘yin starti har doim yomon bo‘lgan. 14 turda jamoa faqat ikkita uchrashuvdagina birinchi bo‘limni g‘alaba bilan yakunlagan. Ammo u quyida joylashgan jamoalar bilan o‘yinlarda muntazam ravishda ochko to‘plagan.

Ammo asosiy raqiblar bilan o‘yinlarda kutilgan natijaning sodir bo‘lishi qiyin: «Tottenxem»dan 0:2, «Arsenal»dan 1:3, «Man Siti»dan 0:3, endi «Nyukasl»dan 0:1. Keyingi o‘rinda «Chelsi» (biz uni hali ham kuchli klub deb hisoblaymiz), keyinroq esa «Liverpul».

O‘tgan mavsum kuchli raqiblarga qarshi bahslar qanday o‘tgandi? Agar biz kuchli oltilik va «Nyukasl»ni oladigan bo‘lsak, 12 uchrashuvda «Manchester Yunayted» besh marta g‘alaba qozongan va to‘rt marta mag‘lub bo‘lgan. Bu yerda «Liverpul»dagi 0:7si va «Siti»ning oltita goli ham bor.

Yana bir qiziqarli statistikani Opta taqdim etdi: «Manchester Yunayted» 2021 yilning oktyabridan buyon kuchli sakkizlikdagi jamoalarga qarshi mehmonda g‘alaba qozona olmayapti. Bundan tashqari, uch marta durang o‘ynagan «Manchester Yunayted» o‘n marta mag‘lub bo‘ldi. 2021 yildan beri «Manchester Yunayted» APL doirasida «Nyukasl» darvozasiga gol ura olmayapti (o‘shanda ular 1:1 o‘ynagan, Edinson Kavani gol urgan), o‘shandan beri uchta o‘yin — 0:0, 0:2, 0:1.

Keyingi - dahshatli taqvim. Jamoa buni qanday hal qila oladi?

Yakshanba kuni «Manchester Yunayted» kuchli to‘rtlikdan yetti ochkoga ortda qolishi mumkin. Lekin klub muxlislarini xavotirga solishi kerak bo‘lgan narsa hattoki jadvaldagi o‘rni emas, balki hujumdagi ko‘rsatkichdir. «Manchester Yunayted» salbiy to‘plar farqi bilan qolmoqda. 7-o‘rindagi jamoaning to‘plar farqi -1ni tashkil etadi. 

Dekabr oyidagi taqvim ayanchli - «Chelsi» va «Bornmut»dan keyin «Bavariya» Chempionlar ligasida, shundan so‘ng «Liverpul», «Vest Xem» va «Aston Villa» bilan ketma-ket qiyin janglar bor. Yil oxirigacha «Manchester Yunayted»ning APLdagi o‘rnini oldindan aytish mutlaqo mumkin emas.

Kiritildi: 11:32, 03.12.2023.
O'qildi: 2518 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.