Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl" 101 yil ichida ilk bor bunday natija qayd etdi

"Nyukasl" 101 yil ichida ilk bor bunday natija qayd etdi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" yana "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi.

APLning 14-turidan o‘rin olgan o‘yinda "qarg‘alar" "qizil iblislar" ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonishdi. Yagona gol 55-daqiqada Entoni Gordon tomonidan kiritildi. Squawka xabariga ko‘ra, "Nyukasl" 101 yil ichida birinchi marta "Manchester Yunayted"ni ketma-ket uch marta mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi va 126 yil ichida birinchi marta "qora va oqlar" chempionatda ketma-ket uchta o‘yinda mankunianliklarga qarshi darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Kechagi muvaffaqiyatdan so‘ng "Nyukasl" APL turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi - Eddi Xau shogirdlari hisobida 26 ochko bor. "Manchester Yunayted" 24 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:59, 03.12.2023.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.