Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Saymon Adingra: «Brayton» uslubi men uchun ayni muddao»

Saymon Adingra: «Brayton» uslubi men uchun ayni muddao»

Baho:
+ | -

Saymon Adingra - APLning joriy mavsumi kashfiyotlaridan biri.

Asli Kot-d'ivuarlik vinger katta futboldagi yurishini «Brayton» safida boshladi va hozirda o‘yinning har daqiqasidan zavqlanib to‘p surmoqda. Saymon «chaykalar» tarkibida professional faoliyati shunday yorqin va ta’sirchan boshlanganidan mamnun, albatta.

- Saymon, joriy mavsum futbolchi rolida ancha o‘sishga erishding. Hozirgi sur’atdan nechog‘li qoniq­yapsan?

- Hammasi yaxshi. Mavsumoldi yig‘inlarida faol ishladim va bu jarayonda asosiy tarkibdan joy olishim mumkinligiga ishonch hosil qildim. Jamoada yangi futbolchiman, shunday ekan, diqqatni jamlashim va har qanday holatga tayyor turishim kerak. O‘z pozisiyamda yetakchi ijrochiga aylanishni xohlayman, buning uchun esa sabr bilan ishlash talab etilishini yaxshi tushunaman.

- Atigi 21 yoshdasan. Ba’zida atrofingdagi ayni voqealarga ishonolmay, o‘zing­-ni chimchilab ham qo‘yayotgandirsan...

- Bolaligimdan aynan APL­da o‘ynash orzusi bilan astoydil shug‘ullanganman. Lekin ochig‘i, debyutim bunchalik tez amalga oshishini kutmagandim. Shunday ekan, ayni payt har bir o‘yin emas, har daqiqadan o‘zgacha zavqlanyapman. Tabiiyki, Angliya ligasida raqiblar juda kuchli, muhimi, o‘z orzum bilan yashayapman va har bir lahza alohida ahamiyatga ega.

- «Luton»ga qarshi kechgan debyut o‘yiningdayoq gol urding. Qanday ajoyib start!

- O‘yin davomida ancha hayajonlandim, lekin umuman asabiylashmadim. Zaxiradan maydonga tushishimni bilgach, shunchaki, o‘z o‘yinimni ko‘rsatishni o‘yladim. O‘yin videoyozuvini tomosha qilsangiz, maydonning har bir nuqtasida kurashganim ko‘rinadi. O‘zi o‘sha kuni gol urishimni oldindan his qilgandim. Bu - birinchi orzuning amalga oshishi. Ha, ideal debyut.

- Keyin «Liverpul» darvozasini ham ishg‘ol qilding. O‘sha golni qanday tavsiflaysan?

- To‘pni qabul qilishdan oldin darvozabon o‘z pozisiyasini biroz yo‘qotib qo‘yganini sezdim, shuning uchun darhol zarba berishni o‘yladim. Ke­yin to‘p kelishi bilan uni darvoza tomon tepdim. O‘yindan so‘ng esa qo‘l telefonim xabarlar oqimi ostida qoldi: do‘stlarim va yaqinlarimdan SMS kelishi anchagacha tinmadi - hamma men bilan chinakam faxrlanishi va shunday davom etishim kerakligi haqida yozdi.

- Ilk uchrashuvda sira asabiylashmaganingni aytding. Har doim shundaymisan?

- Ha, odatda asabiylashmayman, shunchaki, o‘yindan zavqlanaman. O‘ylaymanki, yuqori darajada qancha ko‘p o‘ynasam, ishonch hissi shunchalik oshadi va bu yanada erkinroq harakatlanishimga yordam beradi. Lekin o‘rganishdan sira to‘xtamasligim kerak. Murabbiy imkoniyat beryaptimi, bundan maksimal darajada foydalanishim shart. Chunki murabbiy kutolmaydi, jumladan, o‘zim ham ishni paysalga solishni istamayman.

- Professional futbolga moslashishda qanday qiyinchiliklarga duch kel­yapsan?

- Tabiiyki, APL - mutlaqo boshqa daraja va barchasiga to‘la ko‘nikish uchun ma’lum vaqt kerak. Murabbiyimiz italiyalik, shundan ekan, taktik o‘quvni ham oshirishim kerak, buning uchun esa ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglashim zarur. Yaxshiki, «Brayton» menga yoqadigan uslubga tayanmoqda. O‘ylaymanki, hozirgi chizmada nimalarga qodirligimni isbotlay olaman. Qisqasi, klubda yo‘lga qo‘ygan futbol men uchun ayni muddao.

- Futbol mashg‘ulotlarini Ganada, «Orzu huquqi» akademiyasida boshlagan ekansan. Qiziq, Yevropaga qanday kelib qolding?

- O‘sha akademiya Daniyaning «Norshellann» klubi bilan hamkorlik asosida istiqbolli bolalarni Yevropaga yuboradi. Xullas, avvaliga «Nor-shellann» U-19 jamoasida taj-riba oshirdim. 1 yildan keyin esa me-ni asosiy jamoaga jalb etish-di.

- Maykl Essyenning Daniyada faoliyatingga katta ta’sir ko‘rsatgani rost­mi?

- Ha, u yerda o‘ynaganimda, Maykl jamoada edi va har doim zarur yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib turdi. Shuningdek, APL­da o‘ynash masalasida ham ko‘p maslahat berdi. Vaqtida ushbu darajada o‘ynagan kishidan ma’lum tushuncha olganingda, ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lasan.

- Bolaligingda qaysi futbol yulduzlariga kumir sifatida qaragansan?

- Kot-d-ivuarlikman, yoshligimda milliy jamoada Didye Drogba, Yaya Ture va Salomon Kalu kabi ko‘plab ajoyib futbolchilar to‘p surishardi. Xullas, avvalo, shu yulduzlar o‘yin­laridan ilhomlanganman, ularning izidan borishga intilganman.

- Orzular ro‘yobi uchun Kot-d~Ivuardan erta chiqib ketding. Ganada shug‘ullanganing Yevropaga ko‘chib o‘tishing­da qo‘l keldimi?

- Futbol ta’limoti uchun avvaliga Benin, u yerdan esa Ganaga yo‘l oldim. Yoshligimda oilamdan uzoqlashish oson emasdi, lekin muvaffaqiyat qandaydir qurbonliklar talab etadi. Haligacha yaqinlarimni sog‘inaman, yaxshiki, ular bilan muntazam aloqadaman. Muhimi, Daniya va Belgiyada o‘ynash asnosida APLga kirdim va o‘ylaymanki, oilam endi men bilan faxrlanadi. Qolaversa, yaqin orada onam va singlimni Angliyaga olib kelishdan umidvorman.

- O‘tgan mavsum Belgiyaning «Union Sent-Jilluaz» klubida ijara muddatini o‘taganing ham APLga ko‘chishingni tezlashtirdi...

- Belgiyada, Daniya futboli bilan solishtirganda, boshqa darajada o‘ynadim - effekt­li ijara safari. Har holda, maydonda yetarli amaliyot oldim va salohiyatimga nisbatan ishonchim ortdi. Belgiya ligasida talablar ham balandroq, yana iqtidorli yoshlar ko‘p, faollik yuqori. U yerda hujumchi rolida ham harakatlandim va bu yaxshigina tajriba bo‘ldi. 

- APLda 2ta gol urding, o‘tgan mavsum esa AQSH termasi safida raqiblar darvozasini naq 11 marta nishonga olganding. Demak, sendan ko‘prog‘ini kutish mumkin...

- Maqsadim ham mahsuldorlikni oshirish! Hujum vakili sifatida ko‘proq gol urishim va assist rolini bajarishim kerak. Menimcha, hozir to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapman.

- Oxirgi savol: Braytondagi hayot yoqyaptimi?

- Yashash uchun yaxshi shahar. Odamlar xotirjam va mehribon. Klubda asli kamerunlik Karlos Baleba bilan yaqinman, chunki u bilan bir vaqtda kelganmiz. Umuman, Brayton muhiti yomon emas, bo‘sh vaqtda xotirjam dam olish imkoni bor.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:12, 03.12.2023.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.