Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Indzagi: "Inter" o‘z kuchini ko‘rsatdi"

Indzagi: "Inter" o‘z kuchini ko‘rsatdi"

Baho:
+ | -

Simone Indzagi “Napoli” ustidan qozonilgan g‘alabani (3:0) “Inter”ning kuch-qudrati namoyishi deb atadi.

"Birinchi bo‘lim juda yaxshi boshlandi va Tyuramning goli juda kichik ofsayd tufayli hisobga olinmadi.

“Napoli” – Italiya chempioni, Politano zarba berganida va Zommer bizni qutqarib qolganida qandaydir xavf ostida edik, lekin umuman olganda, g‘alaba haqli edi, men ularning har birini quchoqlab chiqdim.

Bu bizning so‘nggi olti o‘yinimizdagi beshinchi safar o‘yinimiz, bir hafta ichida uchinchi o‘yinimiz va bizga shunday o‘yin kerak edi. 2:0 hisobida oldinda bo‘lganimizda o‘yin nazorat ostida edi.

Neapoldagi bunday g‘alaba mamnuniyat keltiradi. Lekin atigi 14 tur o‘tganini ham bilamiz, oldinda ko‘plab uchrashuvlar bor.

Bu kuch va jamoaviy ruhning namoyishi. Neapolga kelganingizda, muammolarga duch kelishingizni kutasiz. Biz qanot himoyachilarimizni ularga qarshi o‘ynash uchun aniq reja tayyorladik, chunki "Napoli"ni jarima maydonchasidan qanchalik uzoqroq tutsangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi. Va biz juda chuqur o‘tirganimizdagina muammolarga duch keldik.

Ishonchim komilki, ertaga ular "Inter"ga raqobatchi yo‘q deb yozishadi, lekin chorshanba kuni "Benfika"ga 0:3 hisobida yutqazdik va sarlavhalar boshqacha edi. Biz bu haqda bilamiz, biz bunga duch keldik va buni kutishimiz mumkin”, dedi “Inter” bosh murabbiyi DAZN telekanalida.

Kiritildi: 09:27, 04.12.2023.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.