Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Liverpul" Matipning o‘rniga yangi futbolchi olib keladimi?

"Liverpul" Matipning o‘rniga yangi futbolchi olib keladimi?

Baho:
+ | -

"Liverpul" jarohat olgan himoyachi Joel Matipning o‘rniga qishki transfer oynasida futbolchi qidirmaydi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli kamerunlik futbolchi APLning 14-turidan o‘rin olgan “Fulxem”ga qarshi o‘yinda (4:3) tizzasidan jarohat olgan edi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, jamoa rahbariyati ayni damda markaziy himoya zonasida futbolchi uchun pul sarflashning hojati yo‘qligiga ishonch bildirmoqda. Qayd etilishicha, "Liverpul" transfer bozoriga faqat ushbu pozisiyadagi boshqa futbolchilardan biri jarohat olgan taqdirdagina kiradi. Bunda "mersisaydliklar" safiga o‘tish uchun asosiy nomzodlar "Sporting" va "Kristal Pelas" futbolchilari - Gonsalo Inasio va Mark Gexi bo‘ladi.

Joriy mavsumda Matip “Liverpul” safida barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:59, 04.12.2023.
O'qildi: 1444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик