Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Paolo Maldini: «Messini «Milan»ga olib kelishga harakat qilgandik...»

Paolo Maldini: «Messini «Milan»ga olib kelishga harakat qilgandik...»

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda «Milan»ning sobiq sardori va direktori Paolo Maldini atrofida gap-so‘zlar ko‘paydi.

Uni Saudiyaga - «Al-Hilol», yoshlarga urg‘u bera boshlagan «PSJ» va Angliya Premyer-ligasining bir qator grandlari o‘ziga chorladi. PoretCast podkasti mehmoni bo‘lgan Maldini ana shu kabi bir qator qiziqarli mavzularda gapirib o‘tdi.

Timsol

- O‘yinchi butun faoliyatini bitta jamoada o‘tkazishi tobora qiyinlashmoqda. Men 1984 yilda «A» seriyasidan boshladim, o‘shanda boshqa mamlakatga ketish yoki klubni o‘zgartirish odatiy hol emasdi, mexanizm boshqacha edi. Men bir joyda qolishimga imkon bergan prezident va jamoa bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Hamma meni sevishi, shuningdek, 4ta mundialda o‘ynaganim va Italiya vakili bo‘lganim bilan izohlanadi.

Jahon chempionati

- G‘alaba qozonishga juda yaqin edim. 2006 yilda Lippi menga jahon chempionatiga borishni taklif qildi, lekin o‘shanda borolmasligimni aytdim. Yoshim ulg‘ayib qolganigami og‘riqlar bezovta qilardi va faoliyatimning so‘nggi yillarida o‘zimni yaxshi his qilishni xohladim.

Ibtido

- Futbol o‘ynashni Milan janubidagi bog‘larda boshladim. Avval Leonardo da Vinchi, keyin Piya X maktablariga borardim. O‘sha paytda klublar 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarni olishmasdi, shuning uchun men «Milan» ko‘rigiga borish maqsadida kutdim. Mendan qaysi pozisiyada o‘ynashimni so‘rashdi va men javob berdim: «Qaysi biri bo‘sh?» Aslida hujumning o‘ng qanotida boshladim. 14 yoshimdagina himoyachiga aylandim. Meni janob Braga diqqat bilan kuzatdi, uning hisobotida men hech qachon bir joyda turmaganligim aytilgan.

Iste’dod

- Siz ko‘p narsalarni, ayniqsa intizomni o‘rganasiz. Texnikani o‘rgatishingiz mumkin, lekin ko‘pincha «tasodif» sizni mukofotlaydi. Va, albatta, barchasi sizga - ma’lum xususiyatlarni rivojlantirish ustida ishlashga bog‘liq. Kim yaxshi-yu, kim yaxshi emasligini bilish uchun menga 10 soniya kifoya qiladi. Ammo, albatta, ma’lum bir darajaga erishish uchun ko‘p mehnat talab etiladi.

Intizom

- Men intizomga e’tibor qarataman. Siz hayotingizni aniq maqsadlar bilan qurishingiz, juda raqobatbardosh bo‘lishingiz kerak, chunki ko‘pchilik sizning rolingizni egallashni xohlaydi. Odatda, katta iste’dodga ega bo‘lganlar kamroq ishlaydi, ammo ma’lum bir darajaga erishish uchun intizomga ega bo‘lish kerak.

Avlodlar tafovuti

- Men 25 yil o‘ynadim. Barezi bilan boshladim va Pato bilan tugatdim, turli avlodlarni ko‘rdim. Odamlar o‘zgardi, ijtimoiy tarmoqlar katta ta’sir ko‘rsatdi, ular katta bosim o‘tkazmoqda. Sizga juda katta umidlar qo‘­yilgan holatlar mavjud. Futbol - bu jamoaviy sport, bu yerda turli millat vakillari o‘ynashadi, siz nafaqat o‘zingiz, balki jamoaning manfaati haqida ham o‘ylashingiz kerak. Siz faqat jamoadoshingiz uchun ishlashingiz kerak bo‘ladi, chunki u bugun eng yaxshi kunga ega emas. Yigitlar har doim ham muxlislar ustidan qanday kuchga ega ekanliklarini ang­lamaydilar.

Oila

- Ota-onamdan juda muhabbat oldim, aka-ukalarimdan esa birdamlik. Bu men bilan abadiy qoladigan narsa. Shunday qilib, siz yangi avlodlarni tarbiyalashga harakat qilishingiz kerak. Qiyin paytlarda kimga ishonishingiz mumkinligini bilishingiz kerak.

JCH-2002

- Bu terma jamoadagi mening turnirim bo‘lishini allaqachon bilardim, shuning uchun muvaffaqiyatsizlik milliy jamoadagi ajoyib davrimning tugashini anglatardi. Italiya terma jamoasida o‘ynash, madhiyani eshitish - bu ajoyib tajriba. Ammo hakam Moreno bilan tugadi... 2002 yilda jamoalar o‘zaro qo‘l siqishishmasdi. Tommazi hakam bilan qo‘l berib ko‘rishishni odat qilgandi, lekin o‘shanda rad etdi va biz nimanidir angladik... Biz unga haqiqatdan ham ko‘p narsalarni aytdik. Uni ispan tilida haqorat qildim, meni tushunishi uchun, lekin u meni chetlatmadi (kuladi).

Derbi

- Derbida juda yosh o‘ynashni boshladim. Kiyinish xonasiga kelganingizda, o‘zingizni qanday his qilayotganingizni tushunasiz - yaxshi yoki yomon - barchasi keskinlik bilan bog‘liq. Biz derbida Chempionlar Ligasida ham o‘ynadik, esingizdami? O‘shanda bosim eng yuqori darajada edi. Keyin, ma’lum bir yoshgayetganingizda, siz shunchaki bunday o‘yinni kutasiz. Mendan nima yetishmayotganini so‘rashganda, men kiyinish xonasidagi atmosfera, o‘yin qo‘rquvi va hissiyotlari, odamlarning aloqasi va adrenalinning birlashgani, deb javob beraman. 80 ming kishi - bu juda ko‘p. Va men derbida eng ko‘p o‘ynagan odamman.

Murabbiy

- Men hech qachon murabbiy bo‘lmayman. To‘g‘ri, otam murabbiy edi, lekin men o‘zimni bu rolda his qilmayman. Ko‘plab murabbiylarim bo‘lgan, Sakki va Anchelotti kabi eng yaxshilaridan ko‘p saboq oldim, lekin tushuning, sizda buning uchun katta istak bo‘lishi kerak. Menimcha, hozir murabbiy guruhni qanday qilib yaxshi bosh­qarishni avvalgidan ko‘ra ko‘proq bilishi kerak.

Sakki

- Futbolchi bo‘lmay turib, u eng yuqori darajaga chiqish uchun juda ko‘p o‘qidi. U juda ko‘p narsaga erishdi.

Gvardiola

- Gvardiola - bu o‘rganish kerak bo‘lgan personaj, u maydonda va tashqarida farq qilishga muvaffaq bo‘ladi.

Eng muhim G‘alaba

- Birinchi marta g‘alaba qozonganingizda, siz g‘alaba qozonishingiz mumkinligini tushunasiz. Sakki bilan birinchi chempionlik menga g‘alaba qozonishim mumkinligini tushunishga yordam berdi va bu men bilan abadiy qoladi.

Eng og‘riqli mag‘lubiyat

- Jahon chempionati finalida yoki Maradonaga qarshi yarim finalda yutqazsangiz, bu oson emas. Va Istanbul, men 40-soniyada gol urganimda. Goldan keyin men: «Gol urganimga qaramay, g‘alati oqshom»...

Kelajak

- Vaqti-vaqti bilan bu haqda o‘ylayman. Ota-onamdan ayrilganimda, katta qayg‘uga botdim. 50 yoshga to‘lganimda, men o‘yladim: «agar omadingiz bo‘lsa, siz allaqachon yarmidasiz»... Ammo oldinda turgan narsa men uchun hech qachon muammo bo‘lmagan. Nazariy jihatdan, men nafaqaga chiqqanman, o‘tgan yildan beri pensiya olaman (kuladi).

Do‘stlar

- «Milan»ning sobiq bosh menejeri Anjelo Karbone bilan, Ibrohim Ba, Kostakurta va Lorensini bilan juda yaqinman. Vyerimi? U bilan atigi 6 oy «Milan»da o‘ynaganman. Men har doim zavq bilan ko‘rishadigan juda ko‘p odamlar bor.

Messi

- Menimcha, Messi kabi futbolchi hamma uchun dahshatning o‘zginasi. U har safar sizni hayratda qoldiradigan narsalarni qiladi. Uning «Inter»ga o‘tishi mumkinligini o‘qiganimda, juda xafa bo‘ldim. 10 kun davomida uni «Milan»ga olib kelishga harakat qildim, ammo keyin buning iloji yo‘qligini angladik.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:47, 04.12.2023.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.