"Surxon"ning liberiyalik hujumchisi Silvanus Nimeli jamoa bilan shartnomani uzaytirdi. O‘tgan mavsumda Nimeli chempionatning eng yaxshi hujumchilari qatoridan joy oldi. 2023 yilgi barcha musobaqalarda u 13ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Klubimiz nomidan Silvanusni shartnoma uzaytirilgani bilan tabriklaymiz va ko‘proq g‘alabalar tilaymiz!" - deyiladi "Surxon"ning rasmiy bayonotida.