Kirish Ro'yxatdan o'tish

Korrea La Ligani A Seriyaga almashtirishi mumkin

Korrea La Ligani A Seriyaga almashtirishi mumkin

Baho:
+ | -

Hujumchi Anxel Korrea «Atletiko Madrid»ni tark etib, Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. TodoFichajes o‘z sahifalarida xabar berishicha, «Roma» 28 yoshli argentinalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

A Seriya klubi Temmi Abraxamni sotsa, bozorni o‘rganadi.

Qayd etilishicha, «Roma» Abraxamni sotsa, Korrea uchun taxminan 35 million yevro to‘lashga tayyor bo‘ladi.

Anxel Korrea 2015 yil boshidan buyon «Atletiko Madrid»da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va sherigiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 21:09, 05.12.2023.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик