Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Neapolning faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlandi.
64 yoshli mutaxassis bunday sharafga sazovor bo‘ldi, chunki u 2022/23 yilgi mavsumda «Napoli»ni A Seriya chempionligiga olib chiqqan.
Spaletti «Napoli»ni 2021 yilning mayidan 2023 yilning iyunigacha boshqargan, shundan so‘ng sentyabrda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.