Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Qizilqum» klubi rahbariyati Turkiyada xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

«Qizilqum» klubi rahbariyati Turkiyada xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

«Qizilqum» futbol klubi bosh direktori Amin Ergashev va jamoa ma’muri Sherzod Toshev Turkiya Superligasi va PRO ligasi jamoalari vakillari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tayotgan seminarda ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun 3 ta asosiy mavzuda: «Futbolchilar seleksiyasi hamda futbol agentlari bilan ishlash», «Futbol uchrashuvlarini tashkil etish va muxlislar bilan ishlash», «Marketing va chiptalar savdosi» bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Bunda futbol klublarining 2024 yilgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi va aniq rejalar ishlab chiqishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Seminar davomida Fenerbahche klubining rahbarlik organlarida faoliyat olib borayotgan O‘kan O‘zkan, Tezjan Shayli, Egemen Ergyuden, Galatasaray vakillari Murat Ersoy, Jenk Ergun, Nachi Jansun, shuningdek, Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor Chag‘ri Ilk o‘z ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etadi. O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘z klubi faoliyati bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun Fenerbahche hamda Galatasaray klublari tuzilmasi bilan to‘liq tanishtiriladi, ularga mazkur klublar infratuzilmasi, ish faoliyati to‘liq ko‘rsatiladi.

Seminar davomida Turkiya klublari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Qolaversa O‘zbekistonlik mutaxassislar Turkiya Superligasining 15-turidan o‘rin olgan “Galatasaroy” va “Adana Demirspor” hamda “Beshiktosh” va “Fenerbaxche” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarga ham tashrif buyurishadi.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 23:45, 07.12.2023.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.