Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Xau yirik mag‘lubiyatga izoh berdi

Xau yirik mag‘lubiyatga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoasining "Everton" bilan o‘yindagi (0:3) muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi.

"Ikkinchi bo‘limda hammasi bizning foydamizga hal bo‘lishi mumkin edi. Birinchi bo‘lim teng o‘tdi va tanaffusdan so‘ng biz raqibga bosim o‘tkazdik, ammo "Everton" birinchi golni urdi va bu uchrashuvning borishini o‘zgartirdi. Biz o‘z imkoniyatimizni qo‘ldan boy berganimiz uchun hafsalamiz pir bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda biz mehmondagi o‘yinlarda yaxshi ko‘ringandik, ammo hozir safarda "Sheffild Yunayted"ga qarshi o‘yindan tashqari hech narsa qila olmayapiz. Tahlil qilish kerak bo‘lgan narsa bor", - deya Xauning so‘zlarini keltiradi BBC.

Kiritildi: 06:05, 08.12.2023.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик