Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Pellegrini "Real"da ishlagan paytlarini yodga oldi

Pellegrini "Real"da ishlagan paytlarini yodga oldi

Baho:
+ | -

"Real Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Real"dagi faoliyati haqida gapirdi.

“Madrid haqida birorta yomon so‘z ayta olmayman, chunki afsuslanadigan hech narsam yo‘q. Madrid bilan ishlash katta muvaffaqiyat. Kubok va Chempionlar ligasida yuqoriga chiqmagan bo‘lsak-da, 96 ochko to‘pladik.

Jamoaga kelganimdan beri murabbiy va direktorlar kengashining vazifasi nima ekanligi borasida kelishmovchiliklarga duch keldik. Janjal qilmasdan, men bu farqlarni qabul qilaman. Murabbiy nima va u nima qilishi kerakligi haqida prezidentning o‘z qarashi bor, mavsum boshida men u bilan kelishmovchiliklarga duch kelganman. Hatto o‘shanda ketishni taklif qilgandim. Lekin bunday bo‘lmadi.

Mavsum o‘tdi va men chempionlikni qo‘lga kiritdimmi yoki yo‘qmi, Madriddan ketayotganimni angladim. Agar prezident bilan kelishmovchilik bo‘lsa, murabbiy ketadi. Menda Florentino Peres bilan hech qanday muammo yo‘q", - dedi Pellegrini AS bilan suhbatda.

Pellegrini "Real"ni 2009 yilning iyulidan 2010 yilning mayigacha boshqargan.

Kiritildi: 10:54, 08.12.2023.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик