Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 20:00 Dinamo 0-1 Olimpik
14/06 23:59 Germaniya - Shotlandiya
15/06 18:00 Vengriya - Shveysariya
15/06 21:00 Ispaniya - Xorvatiya
15/06 23:59 Italiya - Albaniya

Arteta qo‘l ostida porlayotgan futbolchilar

Arteta qo‘l ostida porlayotgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal» sekin-asta avvalgi darajasiga qaytmoqda. Uning qo‘l ostidagi jamoa o‘tgan mavsum APLda 2 o‘rinni egalladi va ancha vaqt kutilgan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ispaniyalik mutaxassis klubda bir qancha futbolchilarni kashf etdi. Ular orasida 7 nafarini ajratib ko‘rsatishga arziydigan o‘yinchilar haqida so‘z yuritamiz.

Deklan Rays

Rays "Vest Xem" tarkibidagi yorqin futbolchi bo‘lganini hisobga olsak, uning transferiga sarflangan pullarni oqlasa bo‘ladi. Rays «bolg‘achilar» safida jamoa sardori va o‘zining nimalarga qodirligini isbotlagan. Shuning sababli, «Arsenal» Deklan uchun 100 million funt sterling sarfladi.

«Arsenal»dagi ilk mavsumdan-oq u Angliya terma jamoasiga chaqirila boshladi. Darhaqiqat u Arteta qo‘l ostida darajasini va tajribasini ancha oshirdi.

Declan Rice makes bold Champions League prediction as Arsenal receive huge  double injury boost - football.london

"So‘nggi to‘rt hafta ichida men ancha o‘sdim va futbol haqida oldin ko‘rmagan ko‘p narsalarni o‘rgandim", - dedi Rays TNT Sports'ga bergan intervyusida.

Granit Jaka

Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi Arsen Venger tomonidan jamoaga olib kelingan va sardorlik bog‘ichini Unai Emeri bergan edi, ammo Arteta kelguniga qadar u barqarorlik ko‘rsatdi.

Jaka «Arsenal»dagi dastlabki yillarida o‘zining qiyin lahzalarini o‘tkazdi, hattoki uni muxlislar ham unchalik xush ko‘rmadi. Ammo 2022-23 yilgi mavsum Jakaning faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ldi. U «Arsenal»ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Granit Xhaka speaks out on decision to depart Arsenal – 101 Great Goals

Ayni vaqtda Jaka Xabi Alonso qo‘l ostidagi «Bayer-04» klubida faoliyat olib bormoqda. Yangi klubida ham o‘zining qobiliyatlarini to‘la-to‘kis ko‘rsatib kelmoqda.

31 yoshli futbolchi bu mavsumda Bundesliganing ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilaridan biri bo‘ldi, garchi u Arteta qo‘l ostida tajribasini oshirmaganida bunday darajaga ega bo‘lmasdi.

Martin Edegor

"Menejer bo‘lib, Martin bilan shaxs va o‘yinchi sifatida muloqot olib borish maroqli. U o‘z faoliyatida bir nechta klublarda o‘ynaganidan so‘ng, endigina klubiga o‘rnashib qolgani va o‘zini «Arsenal»da o‘zini uyidagidek his qilayotgani ajoyib", - dedi Arteta.

Arsenal passed up chance to sign Martin Odegaard aged 14 despite inside  information - Irish Mirror Online

Arteta «Emirates» qurayotgan loyihaning afishasida Edegor turibdi. U olti yilni "Real Madrid" klubida o‘tkazdi, lekin hech qachon asosiy jamoaga kirish imkoniga ega bo‘lmadi va buning o‘rniga o‘z qobiliyatini faqat «Vitesse» va "Real Sosedad"da ijarada ko‘rsata oldi.

Gabriyel Jezus

Braziliyalik futbolchi "Manchester Siti" bilan besh yarim mavsum davomida Premyer-ligada to‘rtta chempionlikni qo‘lga kiritdi va 95 ta gol urdi, shuning uchun uni bu ro‘yxatda ko‘rish birmuncha bahsli bo‘lishi mumkin. U «shaharliklar» tarkibidagi eng yaxsi o‘yinchilardan biri edi, ammo Gvardiolaning o‘yin uslubiga tushmay qolish ehtimoli ham yuqori edi.

Gabriel Jesus insists he is ready to play 90 minutes for Arsenal |  BelfastTelegraph.co.uk

Terma jamoada hamda "Manchester Siti" tarkibida birmuncha qiynaldi, ammo London jamoasida u o‘zini ancha ko‘rsatishga ulgurdi. Klub safida oktyabr oyida o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotladi. Chempionlar ligasi doirasida «Seviliya»ga qarshi o‘yinda maydonda shunchaki shou ko‘rsatdi.

Uilyam Saliba

Bir paytlar Salibaning «Arsenal»dagi kelajagi va Arteta bilan munosabatlari haqida bir qancha gap-so‘zlar bor edi. Himoyachiga jamoaga moslashish uchun hech qancha vaqt ketmadi. U tezda kirishib ketdi hamda jamoasining asosiy futbolchilaridan biri.

Fransiyalik futbolchining «Sent-Etyen», «Nisa» va «Marsel»da ijara asosida o‘ynagan o‘yinlari orqali «Arsenal» o‘zida qimmatbaho himoyachi borligini his qildi. Ko‘p o‘tmay, u birmuncha o‘yinlarda o‘z potensialini ko‘rsatishga kirishdi.

William Saliba confuses ex-Arsenal star for Sean Dyche as Takehiro Tomiyasu  contract call made - football.london

U ayni damda Premyer-liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri.

Yozda u 2027 yilga qadar mo‘ljallangan yangi to‘rt yillik shartnomani imzoladi va Arteta qurayotgan jamoaning asosiy ustuni bo‘lib qolmoqda.

Aaron Ramsdeyl

"Men Aaron Ramsdeylning nimalarga qodir ekanligini bilaman, ammo u jarohat olganligi sabab uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida Rayya transferini e’lon qildik", - dedi Arteta.

Arsenal star Ramsdale in selection battle after confirmed news - expert

Ko‘pchilik Ramsdeylni o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida ko‘rdi. Ayni damda u asosiy tarkib uchun Rayya bilan raqobat olib bormoqda. Ammo u Arteta jamoasidagi ilk mavsumlardan-oq tanqidchilarning ovozini o‘chirib qo‘ydi.

Leandro Trossard

Belgiyalik vinger hali o‘zini «Arsenal»da o‘zining nimalarga qodir ekanligini to‘liq ko‘rsata olgani yo‘q, ammo u ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Tez-tez zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganiga qaramay, Trossard 2022-23 yilgi chempionlik uchun kurashning ikkinchi yarmida Premyer-ligada 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Leandro Trossard lifts the lid on life at Arsenal and the title race

U Premyer ligada g‘olib bo‘lmoqchi bo‘lgan har bir jamoada o‘ynashga haqli va buni to‘laqonli isbotlashga harakat qilmoqda.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 07:20, 09.12.2023.
O'qildi: 2208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.