Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Dahshat! "Chelsi" 2023 yilda 20 o‘rindagi klubga aylanib qolgan

Dahshat! "Chelsi" 2023 yilda 20 o‘rindagi klubga aylanib qolgan

Baho:
+ | -

"Chelsi" va uning muxlislari uchun bundan battari bo‘lmasa kerak. Opta taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, London klubi 2023 yilda eng rasvo natija qayd etgan jamoa bo‘lib turibdi. Kuni kecha Maurisio Pochettino qo‘l-ostidagi jamoa "Everton" maydoniga safar qilib, 2-0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Shunday so‘ng, quyidagi statistika vujudga keldi. "Chelsi" joriy kalendar yilida 39 marta APL bahslarida ishtirok etib, 39 ochko to‘play olgan xolos. Bu esa o‘tgan va joriy mavsumda APLda harakat qilayotgan klublar ichida eng yomon natija hisoblanadi.

Ha, quyida jadvalga qarasangiz, "Kristal Pelas" va "Nottingem Forest"da ham vaziyat shunaqa ekanini ko‘rasiz. Biroq, bu ikki klub "Chelsi"dan bitta kam o‘yin o‘tkazganini unutmaslik lozim. Ayni damdagi hisob-kitoblar "Kristal Pelas" va "Nottingem"ni har bir bahsda 1.02 ochko olganini ko‘rsatadi. Bu esa "Chelsi"dan yaxshiroqdir. Ulardan keyingi o‘rinni "Bornmut" egallaydi. "Olchalar" ko‘zda tutilgan davr ichida 42 ochko to‘plagan. Agarda 10 ochkolik jazoni hisobga olmasak, "Everton"ni 44 ochko bilan yuqoriroqda turganini ko‘rish mumkin. Bundan vaziyatni ko‘rgan "Chelsi" ishqibozlari o‘z fikrlarini ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirmoqda.

Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz. Muxlislardan biri istehzo bilan shunday izoh qoldirgan: "Bunday "natija"ga erishish uchun necha million sarflandi ekan?". Ikkinchisi esa "Hamma bu jamoaning yuz millionlab funt turadigan tarkibi haqida gapirmoqda. Hech kim hisob-kitob qilib ko‘rmaydi. Bu yili biz uchun har bir ochko 25 million funtga tushmoqda", – deydi.
Uchinchi muxlis bunday deydi: "Haqiqiy Chempionship jamoasi. Odamni kulgisi qistaydi".
To‘rtinchisi: "Biz APLdagi eng yomon klubmiz. Yashasin, rahbariyat!".
Beshinchi muxlis: "Ikki yil ichida Yevropa chempionligidan APLda qolish uchun kurashadigan klub darajasiga tushib qolish hammaga ham emas. Bunday "hislat" faqat va faqat "Chelsi"ga xosdir. Pulni shu yo‘sinda sarflashni davom ettiringlar".

"Manchester Siti" kalendar yili jadvalida peshqadamlik qilib turibdi. Bu klub har bir o‘yindan o‘rtacha 2.2 ochko olmoqda. Keyingi pog‘onani Unai Emerining "Aston Villa"si egalladi. Birmingemliklar bu borada 2.05 ochkolik ko‘rsatkichga ega.
Maurisio Pochettinodan ilgari Frenk Lempard va Grem Potterlar jamoada ishladi. Ularning natijalari esa o‘ta qoniqarsiz edi. Bu mavsumning 16 ta turida "Chelsi" 5 ta g‘alabaga erishdi. Hozirda klub 12 o‘ringacha tushib ketdi. Taqqoslash uchun "Chelsi"ning so‘nggi 3 transfer oynasidagi xarajatlari 1 milliard funtdan oshib ketdi. Bu APLdagi rekord hisoblanadi. Ammo natijalar faqat yomonlashib bormoqda. Yaqin kelajak esa mavhum bo‘lib turibdi. Pochettino hali muammolarga barham bera olmagan ko‘rinadi...

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:06, 11.12.2023.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.