Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Anvarjon G‘ofurov: "Nasib qilsa chempion bo‘lamiz"

Anvarjon G‘ofurov: "Nasib qilsa chempion bo‘lamiz"

Baho:
+ | -

Tajribali ximoyachi Anvarjon G‘ofurov mavsum yakunlari bo‘yicha "Neftchi" klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-Anvarjon yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz?

-Avvalambor assalomu alaykum! Mavsum haqida gapiradigan bo‘lsam, ushbu mavsum biz uchun o‘tgan yilgidan ko‘ra ancha qiziqarli o‘tdi. Oldimizga katta maqsadlarni qo‘yib, shu maqsadlar yo‘lida kurashdik. Afsuski, kerakli o‘yinlarda duranglarimiz ko‘payib ketdi. Mavsumning so‘nggi o‘yinida ham medallarni qo‘lga kiritish uchun imkon paydo bo‘lgandi. Lekin bundan foydalana olmadik. Ishonamanki, kelasi mavsumda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda chempionlikni qo‘lga kiritamiz.

-Avvalgi mavsumlarda sizni markazda ham harakat qilganingizga guvoh bo‘lganmiz. Hozirda markaziy himoyachi rolini ham a’lo darajada uddalayabsiz. Bularga sabab deb nimalarni ayta olasiz?
-To‘g‘ri aytasiz, oldingi mavsumlarda tayanch yarim himoya va markaziy yarim himoya sifatida to‘p surganman. Vitaliy Grigoryevich hozirda markaziy himoya chizig‘idagi harakatlarimdan qoniqyapti. Qolaversa, o‘zimga ham aynan ushbu pozisiyada o‘ynash qulay hisoblanadi. Lekin jamoamiz manfaati uchun har qanday pozisiyada o‘ynashga tayyorman.

-Jamoamiz safida yangi mavsumda ham to‘p surasiz. Shartnomani imzolayotganda nimalarni hisobga oldingiz?
-SHartnomani uzaytirganimda jamoa o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yganidan  xursandman. Nasib qilsa chempionlikni yangi mavsumda qo‘lga kiritamiz va shu maqsad yo‘lida xudo xohlasa harakat qilamiz.

-Jamoamizning bu yilgi yutuqlariga asosiy sabab deb nimalarni ko‘rsatgan bo‘lardingiz?
-Asosiy sabablardan, "Neftchi" bitta oila bo‘la oldi va  murabbiylarning barcha  ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajara oldi, deb o‘ylayman. Bundan tashqarida klub raxbariyati ham mavsum davomida bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va shu bilan birga muxlislar daldasi ham bizga katta yordam berdi, deb o‘ylayman.

-YAkunlangan mavsumdagi eng esda qolarli uchrashuvlar haqida gapirsaniz
-YAkunlangan mavsumdagi eng esimda qolgan o‘yinlardan biri bu "Nasaf" jamoasiga qarshi "Istiqlol" stadionidagi uchrashuvdir. Shu kuni o‘yin o‘ta shiddatli kechgan edi. Avval gol urib hisobni ochdik, keyin esa o‘z darvozamizdan to‘pni o‘tkazib yubordik.So‘nggi daqiqalardagi kiritgan golimiz esa jamoa uchun g‘alabani taqdim etgandi.

-YAngi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?
-YAngi mavsumga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan holda, o‘tgan mavsumdagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.Maqsadimiz jiddiy. Xudo xohlasa chempionlik uchun kurash olib boramiz. Shuningdek, jamoamiz muxlislaridan yangi mavsumda ham bu yilgidek  qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘ragan bo‘lar edim. Ularning qizg‘in qo‘llab-quvvatlashlari orqali xudo xohlasa maqsadga erishamiz.

-O‘tgan mavsumda sizga qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchi kim bo‘ldi?
-Hamma jamoada o‘ziga yarasha kuchli futbolchilar bor. Kimnidir alohida ko‘rsatib bo‘lmaydi.

Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати
Kiritildi: 12:29, 11.12.2023.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик