Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Armando Broya yanvarda Turkiyaga ko‘chib o‘tmoqchi emas. Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, yosh albaniyalikni mahalliy klublardan biriga o‘tish varianti qiziqtirmayapti.
Manba, shuningdek, Broyaga Angliya premyer-ligasining ba’zi klublari qiziqayotgani haqida xabar bergan.
Biroq avvalroq «Chelsi» o‘z hujumchisiga ishonayotgani va uni yanvardagi transfer oynasida qo‘yib yubormoqchi emasligi xabar qilingandi.