Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Rashidjon G‘ofurov: “YOsh hamda iqtidorli futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirganmiz”

Rashidjon G‘ofurov: “YOsh hamda iqtidorli futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirganmiz”

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, “Navbahor-farm” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni bugundan boshladi. Bugungi mashg‘ulot yakuniga yetgach, farm jamoamiz murabbiyi Rashidjon G‘ofurovdan qisqacha intervyu oldik.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni barvaqt boshladinglar. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inini bunchalik erta boshlashinglarning sababi nimada?

- Avvalambor, assalomu alaykum! To‘g‘ri aytdingiz, yig‘inni barvaqt boshladik. Bunga sabablar ko‘p. Birinchidan, Pro liganing bu yilgi mavsumi juda erta tugadi, ya’ni, 25 oktyabrda jamoamiz “Lokomotiv”ga qarshi oxirgi o‘yinni o‘tkazgandi. Oradan esa qariyb bir yarim oy vaqt o‘tdi.SHu davrda esa yigitlar hordiq chiqarishdi. Ushbu muddat esa futbolchiga ta’til uchun juda katta muddat xisoblanadi. Shu bois, yigitlar sport formalarini yo‘qotmasliklari uchun bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Qolaversa, yangi mavsumda jamoamiz oldiga tarkibni yoshartirish vazifasi qo‘yilgan va biz ko‘plab yosh hamda iqtidorli futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Shuning uchun yig‘inning asosiy qismiga qadar, jamoamizda olib qolishimiz lozim bo‘lgan o‘yinchilarni tezroq aniqlab, yig‘inning keyingi, asosiy bosqichida o‘sha futbolchilar bilan mashg‘ulotlar olib borish niyatidamiz.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi xususida ham to‘xtalsangiz...

- Ko‘rib turganingizdek, yangi mavsumga tayyorgarlikni bugundan boshladik. Ayni paytda futbolchilarni tiklanish jarayonini olib boryapmiz va sekin-asta yuklamalar berishni boshlaymiz.
Yig‘inning birinchi qismi joriy yil yakuniga qadar bo‘lib o‘tadi. Yangi yil arafasida futbolchilarga bir haftalik ta’til beramiz. 2024 yilning 5 yanvaridan yana yig‘inga kirishamiz hamda 10 kun davomida o‘z qarorgohimizda jismoniy xolatimizni yaxshilashga qaratilgan yuklamalardan iborat yig‘in tashkil etamiz. Keyin esa o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini poytaxtda olib borishni rejalashtirganmiz.

- Rejangizdan nazorat-sinov bahslari o‘rin olganmi?

- Albatta, axir, o‘rtoqlik o‘yinlarisiz yig‘in kemtik bo‘lib qoladiku! Toshkentda mashg‘ulotlar olib borishdan asosiy maqsadimiz ham aynan nazorat – sinov o‘yinlarini o‘tkazishga qaratilgan. Boisi, ko‘plab jamoalar o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini poytaxtimizda olib boradi va u yerda sparring- raqib topish oson kechadi hamda ko‘proq o‘rtoqlik bellashuvlarida maydonga tushish imkoniyati tug‘iladi.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 05:09, 12.12.2023.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.