Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov Nakamurani mag‘lub etdi, Uesli Soga yutqazdi

Champions Chess Tour. Nodirbek Abdusattorov Nakamurani mag‘lub etdi, Uesli Soga yutqazdi

Baho:
+ | -

Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour—2023 turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning final bosqichida dunyoning sakkiz nafar kuchli grossmeysteri qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.

Turnirning 5 va 6-tur uchrashuvlarida Nodirbek amerikalik grossmeysterlarga qarshi dona surdi. Abdusattorov Hikaru Nakamurani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlabki ikki o‘yinda tomonlar bittadan g‘alabaga erishgan bo‘lsa, g‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan "armageddon" bahsida hamyurtimiz kuchli raqibni mag‘lub etdi.

Uesli So bilan dastlabki ikki partiyada durang qayd etildi. "Armageddon"da ham tomonlar durangga imzo chekishdi. Nodirbek oq donalarda o‘ynab, yutishi shart bo‘lgani uchun g‘oliblik AQSHlik shaxmatchiga berildi.

Abdusattorov, shu tariqa, 6 ta o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozonib, 3tasida mag‘lubiyatga uchradi hamda jadvalda 4-pog‘onani egallab turibdi. Barcha o‘yinlarni o‘z foydasiga hal qilgan Uesli So peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, Magnus Karlsen 5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

7-turda Nodirbek fransiyalik Maksim Vasher-Lagravga qarshi dona suradi.

Ortda qolgan 6 turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:



Nodirbek Abdusattorovning turnirdagi natijalari:

Nodirbek Abdusattorov - Alirizo Firuja 0,5:1,5;
Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen 1:2;
Nodirbek Abdusattorov - Denis Lazavik 2:1;
Nodirbek Abdusattorov - Fabiano Karuana 2:0;
Nodirbek Abdusattorov - Hikaru Nakamura 2:1;
Nodirbek Abdusattorov - Uesli So 1,5:1,5.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:30, 12.12.2023.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.