Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Xavi Levandovski, Gyundogan va Arauxonga dam bermoqchi edi, biroq Laporta ularni qaydnomaga kiritishni talab qildi

Xavi Levandovski, Gyundogan va Arauxonga dam bermoqchi edi, biroq Laporta ularni qaydnomaga kiritishni talab qildi

Baho:
+ | -

Kataloniyaliklarning ta’kidlashicha, Joan Laporta "Barselona"ning Chempionlar ligasi o‘yini uchun qaydnomani o‘zgartirgan.

Bugun "Barselona" Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida "Antverpen" bilan to‘qnash keladi va turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanmani kafolatlagan.

Xavi dastlab maydonda ko‘p daqiqalarni o‘tkazgan Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan va Ronald Arauxoga dam berishni rejalashtirgandi. Biroq bu futbolchilar Xavining rejalariga qaramay Belgiyaga ketishdi.

RAC1 nashrining xabariga ko‘ra, bunga Laporta Xavidan ushbu futbolchilarni tarkibga kiritishni so‘ragani sabab bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, "Barselona" prezidenti "Jirona"dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng (2:4) jamoaning uch nafar yetakchisi dam olishini istamagan. Qolaversa, "Antverpen"ga qarshi bahsda g‘alaba qozonsa, kataloniyaliklar 2,8 million yevro mukofot puliga ega bo‘lishadi.

E’tiborli tomoni, matbuot anjumanida Xavi Levandovski, Gyundogan va Arauxoning tarkibga kiritilishini "Barselona" o‘yindan keyin Belgiyada tunashi, murabbiylar shtabi esa bu futbolchilarning raqobat ritmini yo‘qotishini istamagani bilan izohladi.

Kiritildi: 19:12, 13.12.2023.
O'qildi: 1617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик