Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Murodjon Ahmadaliyev: «Menga hozir raqibning farqi yo‘q»

Murodjon Ahmadaliyev: «Menga hozir raqibning farqi yo‘q»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) meksikalik Kevin Gonsalesga (26-0-1, 13 KO) qarshi jang qiladi.

Ushbu jang Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida AQSHning Arizona shtatida joylashgan Desert Diamond arenasida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida o‘tkaziladi.

Jang oldidan Murodjon Ahmadaliyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, meni faoliyatimdagi muhim janglardan biri kutib turganini his etib turibman. Eliminator jangi g‘olibi chempionlik kamari uchun ringga chiqish huquqini qo‘lga kiritadi. Tayyorgarlik ham shunga monand tarzda bo‘ldi.

To‘g‘ri, mashg‘ulot jarayonida yonimda Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov kabi do‘stlarim to‘liq bo‘lishmadi. Lekin ular bilan har kuni gaplashib turdik. Murabbiylarim bilan birgalikda reja asosida tayyorgarlik ko‘rdik. Raqib meksikalikligining o‘zi ko‘p narsadan darak beradi. Meksikaliklar zarbalarga chidamli bo‘lishadi. Ammo menga hozir raqibning farqi yo‘q. Chempionlik kamarlarini qaytarib olish uchun astoydil kirishganman. Bu yo‘lda birinchi navbatda Gonsalesni mag‘lub etishim kerak.

Xalqimiz duo qilib tursa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ularni xursand etish uchun borimni beraman.

Men avvalgi jangimni bir necha bor qayta ko‘rib chiqdim. Fikrimcha, o‘sha jangda g‘alaba meniki bo‘lishi kerak edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham yana ringga qaytayotganimdan xursandman.

Shanba kuni (bizning vaqt bilan yakshanba tongi) barchani arenada ko‘rishni istayman. Men har bir raqibimga hurmat bilan qaraganman. Gonsales — yaxshi darajadagi bokschi va shu sababli men unga qarshi ringga ko‘tarilyapman", — dedi Murodjon Ahmadaliyev.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang WBA kamari uchun Eliminator, ya’ni saralash vazifasini o‘tab beradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:55, 15.12.2023.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.