Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ao Tanaka: «Mundial-2022 biz uchun misli tramplin...»

Ao Tanaka: «Mundial-2022 biz uchun misli tramplin...»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

Yaponiya milliy jamoasi bundan 12 oy muqaddam Qatar mundialida JCH-2010 g‘olibi Ispaniya termasini 2:1 hisobida dog‘da qoldirib, butun futbol olamini larzaga solgandi.

 O‘zi turnir startida Germaniya milliy jamoasi bilan bahsda rasmiylashtirilgan g‘alabayoq «samuraylar» shashti baland ekanligidan darak bergandi. «Qizil furiya»ni taslim etish asnosida esa, yaponlar o‘z guruhlarida 1-o‘rin orqali «pley-off»ga chiqishdi. O‘sha uchrashuvda hal qiluvchi golga Ao Tanaka mualliflik qildi. Aytish joiz, bu JCH tarixiga eng esda qolarli gollardan biri sifatida kirdi. Eslasangiz, Kaoru Mitoma uzatmasidan oldin to‘p chiziqdan o‘tgandek ko‘ringan, lekin golni aniqlash texnologiyasi tufayli hammasi qoida asosida bo‘lgani tasdiqlangan edi. Kuchli raqibni shunday gol bilan yengish - bu o‘yin unutilmas qarama-qarshiliklar qatoriga kirishini ta’minladi. FIFA rasmiy sayti yaqinda o‘sha mashhur o‘yinning eng mashhur ijrochisi - Tanakadan eksklyuziv intervyu oldi. Ao suhbat jarayonida avvalo, ajib golini esladi, o‘sha paytdagi tafakkuri va keyingi jahon chempionatiga intilishi haqida so‘zladi.

- Qatar mundialiga ham 1 yil bo‘ldi. Ortga nazar solib, turnirni qanday eslaysiz?

- Avvalo, JCH-2022 men uchun tasavvurimdagidan ham ehtirosli bo‘lganini aytishim kerak. Ha, xorvatlardan qabul qilingan mag‘lubiyat alami hamon tarqalmadi, lekin Qatarda butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar JCHni nega katta ehtiros bilan tomosha qilishlarini teran tushundim. Shuningdek, o‘zim uchun aniq xulosalar chiqardim - hali o‘rganishim zarur jihatlar ko‘pligini angladim. Final (Fransiya - Argentina) tomoshasining o‘zi - bir olam. Axir hal qiluvchi bahs futbol bilan shug‘ullanadigan har bir kishini alohida ilhomlantirgani tayin.

- Ispanlar bilan o‘yinda hal qiluvchi gol muallifiga aylandingiz. Ayni payt o‘sha vaziyatni o‘ylaganingizda, xayolingizga nimalar keladi?

- Bu gol butun jamoa intilgan harakat mevasidir. Ehtimol, rejaga kirmagan goldek ko‘ringandir, fakt shuki, to‘p oyog‘imga yaxshi tushdi va mo‘ljalda adashmadim. Ochig‘i, gol bo‘yicha yakuniy qarorni kutish jarayonida umuman hayajonlanmadik. Chunonchi, hakam golni bekor qilsa, bizda boshqa imkoniyatlar yuzaga kelishini bilardik.

- Jahon chempionati vaqti jamoada qanday ichki muhit hukm surgani haqida gapirib bersangiz...

- Birlik va yaxlitlik! Albatta, chetda qolganlar xayolidan «Men ham shu voqealar markazida bo‘lishim kerak» qabilida fikr o‘tgandir ehtimol. Asosiysi, zaxiradagi yigitlar ham juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi va jamoa g‘alabasiga hissa qo‘shishdi. Bunda sira mubolag‘a yo‘q - jamoa­miz zaxirasi ham ijobiy natijalarda muhim rol bajardi. Tetik ishtirok yaxlit kuch sifatida naqadar yaxshi harakatlanganimizdan dalolat berib turibdi.

- 2018 yili professional futbolchi sifatida «Kavasaki Frontale» safida debyut qildingiz. 4 yildan keyin esa futbol olamining eng yirik turnirida qatnashdingiz. Aytingchi, o‘sha vaqt shu darajada tez yuksalishni o‘ylaganmidingiz?

- Ochig‘i, bunaqasini xayolimga ham keltirmagandim. To‘g‘ri, bolaligimdan har doim jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilganman, lekin futboldagi debyut vaqti bu haqda umuman o‘ylaganim yo‘q. Umuman, ortga nazar tashlasam, hammasi hayratlanarli darajada rivojlandi. Birinchi marta saralash bosqichi o‘yinida qaydnomaga kirganim hamon esimda. Ilk chaqiruvim katta shov-shuvga aylangan va o‘shandayoq terma jamoada o‘z joyimni topishga ahd qilgandim. Keyin jahon chempionatida o‘ynash orzusi quvvatlandi va bor bunga alohida e’tibor qarata boshladim.

- Moriyasu JCHdan keyin ham Yaponiya termasi bosh­qaruvida qoldi. Bosh murabbiy haqida nima deya olasiz?

- Moriyasu birinchi uchrashuvimizdayoq doim diqqat markazida turadigan odamdek taassurot uyg‘otdi. Ba’zi tanqidlar Yaponiya mentaliteti bilan bog‘liq - buni hammamiz yaxshi tushunamiz. Menimcha, u har qanday holatda o‘rnak ko‘rsatish, ishonch bag‘ishlash va bizni qo‘llab-quvvatlashga qodir. Menimcha, jamoa­da birlik tuyg‘usi shakllangani - bu Moriyasu mehnati samarasi.

- Yaponiya termasi mundialdan keyin ham barchani hayratga solishda davom etdi. Jumladan, JCH-2026 saralashida ketma-ket 2 marta 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Qatar-2022 tajribasi Yaponiya termasini mutlaqo o‘zgartirdi. Ayniqsa, Germaniya va Ispaniya termalaridan ustun kelganimiz ishonchimizni misl­siz darajada oshirdi. O‘ylaymanki, Qatar-2022 biz - futbolchilar, Yaponiya termasi va umuman butun mamlakat futboli uchun tramplin bo‘ldi. Zero, faqat amaliy tajriba evaziga Germaniya va Ispaniya termalari kabi katta raqiblarni yengadigan darajaga ko‘tarilish mumkin. Endilikda terma jamoaga chaqirilganlar hozirgi standartlarga javob berish yo‘lida yanada ko‘proq ter to‘kishadi tabiiy ravishda. O‘ylaymanki, ayni payt yaxshi holatdamiz. Faqat endi ushbu darajani yanada yaxshilash talab etiladi. Futbolda barqarorlik muhim. 

- JCH-2026ga qaratilgan maqsad va ambisiyalaringiz qanday?

- Shaxsan men keyingi turnir vaqti eng yuqori sport formasida bo‘lishni istardim. O‘ylaymanki, hali o‘sish potensialiga egaman, ya’ni futbolchi sifatida yuqoriga intilish uchun yo‘l yo‘q emas. Xullas, keyingi 3 yil davomidagi ustuvor vazifam bitta - o‘yin sifatini o‘zimga ma’qul darajaga ko‘tarish. Jamoada yetakchilardan biriga aylanish va jahon chempionatida g‘alaba qozonish... Bular yovvoyi orzu emas, balki haqiqiy imkoniyat! Shunday ekan, bu borada qat’iyatni oshirish yo‘lida o‘z iste’dodimni rivojlantirishga alohida e’tibor  qaratishim shart.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 15.12.2023.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.