Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Fakt: 10 yil ichida Premyer-ligadagi maoshlar ikki baravarga oshdi

Fakt: 10 yil ichida Premyer-ligadagi maoshlar ikki baravarga oshdi

Baho:
+ | -

Hozirda Premyer-liganing 9 nafar futbolchisi haftasiga £300+ ming maosh oladi. Ligadagi maoshlar qanchalik oshganini (va o‘rtacha daromad qanday o‘zgarganini) baholash uchun biz ularning so‘nggi 10 yildagi evolyusiyasini kuzatdik. Biz bir yillik shartnoma imzolaydigan kuchsizroq o‘yinchilar o‘rniga eng ko‘p maosh oladigan 50 nafar top-futbolchini saralab oldik: shartli ravishda Antoni Elanga 2021/22 yilgi mavsumda 27 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo haftasiga 5 ming funt sterling oldi va bu hozirgi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Grafikni qanday o‘qish mumkin? Yashil chiziqlar eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar va eng past maoshli o‘yinchilar chegarasidan boshlanib, kuchli 50 futbolchini o‘z ichiga oladi. Yashil nuqtalar esa eng yaxshi 50 talikdagi o‘rtacha ish haqi hisoblanadi.

Birinchi 50 talikdagi o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun biz o‘rtacha arifmetik emas, medianadan foydalandik. Arifmetik o‘rtacha maoshni hisoblashi mumkin, ammo bu bog‘liq muammo shundaki, har qanday o‘zgaruvchan raqamlar kichikroq maoshlilarning ko‘rsatkichini ham katta qilib yuboradi - masalan, Garet Beyl va Krishtianu Ronalduning maoshlari seriyani juda ham buzib qo‘yishi mumkin. Mediana esa haqiqiy o‘rtacha hisobga yaqinroq.

● O‘n yil ichida o‘rtacha ish haqi ikki baravar ko‘paydi: 100 dan 200 ming funtgacha. Top 50likdagi pastki diagramma ham ko‘tarildi: 2013/14 yilgi mavsumdagi 80 mingdan 2023/24 yilgi mavsumda 150 minggacha. Hozirda Premyer-liganing 13 nafar futbolchisi haftasiga 150 ming funt maosh oladi. Ular orasida Alisson va Lyuk Shou ham bor.

● Katta o‘sish 2017/18 yilgi mavsumni belgilab berdi. O‘shanda «Manchester Yunayted» Aleksis Sanches bilan shartnoma imzoladi va unga haftasiga aqldan ozgan 350 ming funt maosh berdi, «Arsenal» esa Mesut O‘zilning shartnomasini xuddi shunday shartlarda uzaytirdi.

● O‘rtacha ish haqining sezilarli o‘sishi 2020-2022 yillar oralig‘ida sodir bo‘ldi. Aftidan, «Manchester Yunayted» bu yerda ham topda turmasa bo‘lmaydigandek: David De Xea dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonga aylandi, Jeydon Sancho o‘z daromadini 5 barobarga oshirdi («Borussiya»dagi 50 mingdan Manchesterda 250gacha) va 37 yoshli Keksa Krishtianuga haftasiga yarim million funt sterling to‘lanardi.

● 2023/24 yilgi mavsumda Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar kam o‘ynashadi - kuchli beshlikdan faqat Saloh va Xoland barqaror. KDB jarohati tufayli bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda maydonga tushdi, Kazemiro ikki oydan beri jarohatni davoladi, Rafael Varan esa asosiy o‘rnini Xarri Maguayrga bo‘shatib berdi.

Kiritildi: 00:24, 16.12.2023.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.