Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Merson: "Liverpul" "MYU"ni maydalab tashlaydi"

Merson: "Liverpul" "MYU"ni maydalab tashlaydi"

Baho:
+ | -

Futbol mutaxassisi Pol Merson APLning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" o‘yini oldidan fikr bildirdi.

"Odamlar doim bu katta o‘yin deyishadi, lekin bu haqiqatan ham shundaymi? Menimcha, bu mening dam olish kunlaridagi eng oddiy bashoratim – "Liverpul" ancha qulay tarzda g‘alaba qozonishini kutaman. Brunu Fernandesh diskvalifikasiya qilingan, Lyuk Shou, Rafael Varan va Garri Maguayr "Bavariya"ga qarshi o‘yinda jarohat olgani sababli, hammasi yaxshi ko‘rinmayapti.

Aytaylik: "MYU" "Enfild"da durang o‘ynasa, "Kristal Pelas" "Manchester Siti"ga qarshi natijaga erishganidan ko‘ra ko‘proq hayratda qolaman. Men "Liverpul"ning g‘alabasiga shunchalik ishonaman, chunki Erik ten Xag jamoasi mutlaqo jar yoqasida. "Bavariya"ga qarshi o‘yinda ularga harakat erkinligi berildi, ammo hech narsa qila olishmadi. Bungacha ular o‘z uylarida "Bornmut"dan mag‘lub bo‘lishgan va ular g‘alaba qozongan o‘yinlarga qarasangiz ham, ular bu vazifani bajara olmadilar.

Men "Liverpul"dan ularni parchalab tashlashini kutaman, shuning uchun men bu o‘yinda 3:0 hisobi qayd etilishini taxmin qilyapman. "Manchester Yunayted"dan hech narsa kutmayman, chunki ular bu mavsumda yetarlicha o‘yin ko‘rsata olishmadi. Boshqa tomondan, "Liverpul" ligada birinchi o‘rinni egallab turibdi va bayram oldidan, o‘yinlar qizg‘in va tez o‘tayotganda, ular shunchaki g‘alaba qozonishlari kerak, ayniqsa "Arsenal" bilan o‘yin kutilayotganda", - dedi Merson Sportskeeda bilan suhbatda.

“Liverpul” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi 17 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:02, 16.12.2023.
O'qildi: 2212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.