Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Abrorbek Ismoilov: “Neymarga tabloni ko‘rsatdim”

Abrorbek Ismoilov: “Neymarga tabloni ko‘rsatdim”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda mavsumlar oralig‘idagi tanaffus payti. Boshqa jamoalar qatori “Navbahor” futbolchilari ham hordiq chiqarishmoqda.

Klub matbuot xizmati jamoaning 25 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Abrorbek Ismoilov bilan suhbat uyushtirdi.

Mahoratli futbolchi yakunlangan mavsumda jamoa tarkibida Superligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1444 daqiqa harakatlanib, 2 ta gol urib, 1 ta golga assistentlik qildi.

Shuningdek, u O‘zbekiston kubogi va Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) bahslarida ham "lochinlar" sharafini munosib ravishda himoya qildi.

Quyida Abrorbek Ismoilov bilan uyushtirilgan intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.

–Abrorbek, ayni paytda nimalar bilan mashg‘ulsiz?

–Avvalo assalomu alaykum! Hozirda dam olyapman. Oilamiz davrasida yakunlangan mavsumdagi charchoqlarni chiqaryapman.

– “Navbahor”dagi ilk mavsum siz uchun qanday kechdi?

– Jamoadagi dastlabki mavsum zo‘r o‘tdi deya olaman. Ammo oldimizga qo‘yilgan maqsad, ya’ni, chempionlikka erisholmadik. Bu tarafdan olib qaraganda, javobim u qadar ijobiy emas.

– Sizningcha, “Navbahor” nega Superliga chempionligi yoki O‘zbekiston kubogini qo‘lga kirita olmadi?

– Bilasizmi, bizda hamma narsa yetarli edi. Klub rahbariyati bizga barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Tarkib ham shunag yarasha kuchli edi. Harakat qildik, ammo o‘xshamadi. Biz reja qilaverar ekanmiz, ammo bandaning emas, Allohning aytgani bo‘lar ekan.

– “Navbahor”ga tarkibiga qo‘shilib, futbolchi sifatida o‘sishga erishdim, deb xisoblaysizmi?

– Albatta, o‘sishga erishdim, deya olaman. Boisi, OCHLda o‘ynadim, terma jamoadan chaqiruv oldim. Menimcha, shu faktlarning o‘ziyoq, “Navbahor”da o‘sishga erishdim, deyishimga sabab bo‘la olsa kerak.

– OCHL guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan, safarda “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) bilan kechgan bahsda jahon futboli yulduzlaridan biri, braziliyalik mashhur hujumchi Neymar sizga nisbatan ko‘p bora qo‘pol harakatlar qildi va bu juda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Aslida o‘shanda maydonda Neymar bilan o‘rtangizda nimalar sodir bo‘lgan edi?

– Bu o‘yindagi oddiy holat hamda bunday saviyadagi bahslarda bunday emosiyalar bo‘lib turadi. Biz esa har qanday futbolchi, hatto, u yulduz bo‘lsa ham maydonda jang qilishga tayyormiz (kuladi).

– Lekin nega aynan Neymar siz bilan ko‘p vaziyatda munozaraga kirishdi? Hatto maydonni tark etayotganingizda sizga nimalardir dedi...

–  Neymarning jamoamizga jiddiy xavf tug‘dirishi aniq edi.  Uning qanday saviyadagi futbolchi ekanligi, salohiyatini yaxshi bilasiz. Shu bois, Neymarga nisbatan ikki hissa shijoat bilan harakat qildik. Bu unga yoqmadi, chog‘i, menga muxlislar zangori ekran orqali guvoh bo‘lishganidek,  munosabatda bo‘ldi. To‘g‘ri aytdingiz, zaxiraga olinayotgan vaqtimda, Neymar  kelib, o‘zining tilida bir nimalar dedi. Men esa unga hech narsa demadimda, tabloni ko‘rsatdim. Chunki maydonni tark etayotganimda, jamoamiz 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Shu joyi juda maroqli bo‘ldi, Unga tabloni ko‘rsatsam, g‘azablanib, o‘z tilida bir nimalar dedi (kuladi).

– Birinchi mavsumdayoq “Navbahor” muxlislarining yoqimtoyiga aylandingiz. Namanganda mehr qozonish biroz qiyin deyishadi. Lekin siz ishqibozlar qalbidan joy oldingiz. Bu boradagi taassurotlar qanday?

– “Navbahor” tarkibiga o‘tayotganimda qanday jamoaga ketayotganimni va bu yerda qiyinligini bilardim. Shuning uchun ham muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish etishga harakat qildim. Xudoga shukr, o‘yinim ishqibozlarga manzur bo‘ldi va bunan judayam xursandman. Shunday muxlislari bor jamoada o‘ynash men uchun faxr xamda sharaf. Men “Navbahor” muxlislari bilan faxrlanaman. Fursatdan foydalanib, ularga katta rahmat aytaman va o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Mamnuniyat bilan shuni aytamanki, namanganliklar yurtimizda birinchi raqamli muxlislardir.

–Yangi mavsumda ham “Navbahor” sharafini himoya qilasizmi?

–Jamoa bilan amaldagi shartnomam bor. Shu bois, “Navbahor”dan ketish haqida o‘ylamadim. Bilishimcha, klub rahbariyati ham men bilan xayrlashish borasida o‘ylashmagan. Voqealar rivoji shu yo‘sinda davom etsa, albatta kelasi mavsumda ham “Navbahor”da o‘ynayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 11:37, 16.12.2023.
O'qildi: 8658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.