"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag o‘zining ehtimoliy iste’fosi haqida gapirdi.
“Ishdan bo‘shash? Bu meni bezovta qilmaydi. Men qo‘llab-quvvatlanayotganimni his qilaman, shuning uchun hozircha hammasi yaxshi. Men o‘z ishimga to‘liq e’tibor qaratdim. Mening barcha fikrlarim jamoa haqida”, - dedi murabbiy.













