Kirish Ro'yxatdan o'tish

Firmino Saudiyadagi jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Firmino Saudiyadagi jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Al-Ahli"da o‘ynayotgan Roberto Firmino yanvar oyidagi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi.

Manbaning xabar berishicha, braziliyalik forvardga “Al-Ittifoq” va “Ash-SHabab” klublari qiziqish bildirmoqda. Klublar Robertoni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Firmino o‘tgan yozda "Al-Ahli"ga o‘tgan edi. Saudiya jamoasi safida u 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 12:34, 16.12.2023.
O'qildi: 3028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.