Kirish Ro'yxatdan o'tish

Postekoglu yordamchisi Chempionship klubini boshqarishni istamadi

Postekoglu yordamchisi Chempionship klubini boshqarishni istamadi

Baho:
+ | -

"Tottenxem"da Ange Postekogluning yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Kris Devis "Suonsi"dan taklif oldi.

Dekabr oyi boshida Maykl Daff "oqqushlar" boshqaruvi lavozimini tark etdi. Uels klubi Devisga murojaat qilib, unga bosh murabbiy lavozimini taklif qildi, biroq mutaxassis rad javobini berdi. 38 yoshli ingliz Ange Postekogluning murabbiylar shtabida qolishga qaror qildi.

Kris Devis joriy mavsum boshlanishidan oldin “Tottenxem”ning avstraliyalik murabbiy yordamchisiga aylandi. U avval Brendan Rojersga "Lester", "Seltik" va "Liverpul"da yordam bergan.

"Suonsi" chempionship turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 03:18, 17.12.2023.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик