Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Tennis stoli ustida futbol

Tennis stoli ustida futbol

Baho:
+ | -

Bu yil tekbol (tennis stoli ustida futbol) bo‘yicha jahon chempio­natiga Tailand poytaxti - Bangkok mezbonlik qildi.

Ilk marta Yevropadan tashqarida tashkillashtirilgan turnir bu safar jami 211 nafar sportchini jamladi (rekord). Musobaqa 4ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan - ayollar, erkaklar, juftlik va aralash bahslari.

Tekbol - eng yosh sport turlaridan biri. Bu o‘yin 10 yilcha oldin Vengriyada ikki do‘st tomonidan ixtiro qilingan. Ulardan biri stol tennisi, ikkinchisi esa futbol shaydosi edi. Xullas, ikkisi bahs­lasha-bahslasha axiyri futbol to‘pi vositasida stol tennisi o‘yinini o‘tkazishga qaror qiladi. To‘g‘ri, keyinchalik ushbu sport turi turli mamlakatlarda ommalashgach, ixtirochi maqomiga da’vogarlar ham ko‘paydi. Deylik, hozirda tekbol vatani sifatida Braziliya tilga olinadi.

To‘pni oyoq bilan o‘ynatish uchun maxsus nishabroq stol yaratilgani tekbol nafisligini yanada oshirdi. O‘yin qoidalari bo‘yicha bosh bilan o‘ynash ham taqiqlanmagan, faqat qo‘llarni ishlatish mumkin emas. Shuningdek, to‘pga bir urinishda 3 martadan ortiq teginish va tananing muayyan qismini ketma-ket ishga solish taqiqlangan. Ya’ni o‘yinchi birinchi urinishda to‘pni o‘ng oyog‘i bilan to‘rdan oshirib tashlasa, keyingisida bu ishni chap oyog‘i yoki boshi yordamida amalga oshirishi kerak. Aslida stolda hech qanday to‘r yo‘q. Buning o‘rniga maxsus oyna o‘rnatilgan. To‘p esa standart o‘lchamda. Rasmiy turnirlarda masofa cheklanadi, havaskorlar o‘yinida esa to‘p ortidan xohlagan joygacha yugurish mumkin. Stol­ga teginish va raqib tomon o‘tish mumkin emas. 

Tekbolning ommalashishiga xalqaro federasiyaga asos solinganidan buyon uning rasmiy elchisi maqomida bo‘lib turgan braziliyalik jahon chempioni Ronaldinyo katta hissa qo‘shdi. Ronni Bangkokdagi 6-jahon chempionatida ham muxlislar va sportchilar uchun ko‘rgazmali o‘yinlar o‘tkazdi. Aytgancha, Vengriya erkaklar termasi Tailand mundiali favoriti sifatida ko‘rsatilmoqda. Vengrlar hozirgi qadar JCHda 3 marta oltin medal yutishgan. Umuman, Vengriya tekbol jamoasi hisobida turli yo‘nalishlar bo‘yicha 8ta oltin medal bor. O‘tgan yili Germaniyaning Nyurnberg shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida esa Ruminiya vakili Apor Georgyudek g‘olib chiqdi. Asosiysi, xalqaro federasiya tekbolni Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritish yo‘lida allaqachon amaliy harakat boshlagan.

O.ATABOYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:00, 17.12.2023.
O'qildi: 1634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.