Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

"Andijon" Osiyo o‘yinlari g‘olibi - Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushadi

"Andijon" Osiyo o‘yinlari g‘olibi - Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “Andijon” 2024 yilgi mavsumga tayyogarlik ko‘rish jarayonida xorij yig‘ini sifatida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini olib borishi ko‘zda tutilgan.

Oldindan ma’lum qilib o‘tganimizdek, “Andijon” jamoa asosan nomdor va tajribali raqiblarga qarshi o‘yinlarga urg‘u qaratmoqda va navbatdagi sparring-raqib ham aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Andijon” 27 yanvar kuni Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi o‘ziga yarasha juda kuchli. Uzoqqa bormaylikda, shu yili Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarini eslash kifoya. Futbol musobaqasida aynan Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgandi. O‘shanda hal qiluvchi finalda Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan.

Ayni paytda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasini 55 yoshli tajribali mutaxassis Sun Xon Xvang boshqarib bormoqda. Ushbu mutaxassis jamoasini chempionlik sari yetakladi.

Osiyo o‘yinlari g‘olibi – Janubiy Koreya kelasi yilning 15 aprel – 3 may kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan U23 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular qur’aga ko‘ra, “V” guruhida Yaponiya, BAA va Xitoy termalariga qarshi o‘ynaydi.

Darvoqe, Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi 21 noyabr kuni Tyerri Anri boshchiligidagi Fransiya U21 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, koreyaliklar safida milliy terma jamoa o‘yinchilari ham borligini ta’kidlash darkor. Hozirda Janubiy Koreya futbolining bo‘lajak yulduzlaridan biri Li Kan In "PSJ" safida to‘p surmoqda. Ushbu hujumkor futbolchi Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqdi. Qolaversa, olimpiya termasi safida milliy termaga nomzod bo‘lgan boshqa legionerlar ham bor. Jumladan, hujumchilar - Xyun Gyu Ox, Yang Xyun Jun hamda yarim himoyachi Keok Kyu Kvon (uchalasi) Shotlandiyaning “Seltik” tarkibida o‘ynashmoqda. AQSHning “Minnisota Yunayted” tarkibida esa yarim himoyachi Sang Bin Jeong faoliyat olib bormoqda. Angliyaning “Brenford” safida himoyachi Kim Ji Su to‘p suryapti. Yana bir himoyachi Xan Beom Li esa Daniyaning “Mityulland” klubi a’zosi.

Xullas, “Andijon” jamoamiz Antaliyada Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi va bu ham barchaning katta qiziqishiga sabab bo‘lishi shubhasiz.

Oldin xabar qilib o‘tganimizdek, Rossiya premyer-ligasi yetakchilaridan biri SSKA (1 fevral) va Ukraina premyer-ligasi vakillari - “Chernomores” (4 fevral) bilan “Aleksandriya” (12 fevral) jamoalariga qarshi uchrashuvlar ham o‘tkaziladi. Turkiyadagi yig‘in davomida yana qolgan raqiblar nomi ham yaqin orada aniqlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:20, 19.12.2023.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.