Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. Yilning eng yaxshi hakami bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

Superliga. Yilning eng yaxshi hakami bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi joriy yilning iyul oyidan boshlab O‘zbekiston Superligasi va mamlakat kubogida ishlagan hakamlar orasidan har oyning eng yaxshilarini aniqlab, ularni taqdirlab kelmoqda. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlanadi.

Yuqoridagi suratda 5 nafar hakam keltirib o‘tilgan. Ular oy davomida namunali hakamlik namoyish etib, oyning eng yaxshisi bo‘lgan edi. Umumiy ko‘rinishda mazkur hakamlar mavsumni turlicha holatda o‘tkazdi. Biroq oy davomida yig‘ib borilgan ochkolar yakunda muhim rol o‘ynaydi. Oylar davomidagi barqarorlik yoki biror oyni katta muvaffaqiyat bilan o‘tkaza olish eng yaxshi bo‘lishda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi mavsum davomida Ilgiz Tantashev (1-davraning eng yaxshi hakami), Akobirxo‘ja Shukurullayev (avgust), Ahrol Risqullayev (sentyabr), Temurbek To‘xtasinov (oktyabr) hamda Aziz Asimov (noyabr) oyning eng yaxshi hakami sifatida tan olingan.

Kiritildi: 18:01, 19.12.2023.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик