Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

"Atletiko" himoyachisi turk klubiga o‘tishga qarshi emas

"Atletiko" himoyachisi turk klubiga o‘tishga qarshi emas

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi markaziy himoyachisi Stefan Savich faoliyatini Turkiyada davom ettirish haqida o‘ylamoqda.

O‘tgan yozda chernogoriyalik futbolchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, ammo u Madridda qolishga qaror qildi. 32 yoshli futbolchining ketishi haqida ishonchli xabar yo‘q, ammo u, jurnalist Yagiz Sabunchuog‘luning so‘zlariga ko‘ra, "Fenerbaxche"ga o‘tishi mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, turk grandi safida markaziy himoyachining uzoq yillik do‘sti Edin Jeko harakat qiladi.

Ammo bunday o‘tish faqat "Atletiko" Savichdan qutulishga qaror qilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Himoyachining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 08:01, 20.12.2023.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик