Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino: "Futbolchilardan oxirigacha ishonishlarini so‘radim"

Pochettino: "Futbolchilardan oxirigacha ishonishlarini so‘radim"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Liga kubogi yarim finaliga chiqqanidan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ko‘klar” chorak final uchrashuvida “Nyukasl”ni penaltilar seriyasida (4:2) mag‘lub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi va londonliklar 92-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi – Mixail Mudrik qutqaruvchi golga mualliflik qildi.

"Yaxshi o‘yin. Bunday gol o‘tkazib yuborish yoqimsiz edi - biz xato qildik. Futbolchilardan oxirigacha ishonishlarini so‘radim. Futbolda ba’zan omad kerak bo‘ladi, bugun esa u bizga keldi. Futbolchilarga rahmat aytmoqchiman, ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Yarim finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Muxlislarimiz bunga loyiq, klubning o‘zi ham", - deya Pochettino so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

Kiritildi: 08:26, 20.12.2023.
O'qildi: 1055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.